Yoshlar masalasi yana bir bor yuksak minbardan yangradi

25.09.2023, 16:33

Yoshlar masalasi yana bir bor yuksak minbardan yangradi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzulmalari bo‘limi hamda TMS universiteti hamkorligida “O’zbekiston – 2030” strategiyasining hamda Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazishga qaratilgan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev, O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Gavxaroy Tuxtasinova, TMS universiteti rektori, universitet professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar, partiya faollari ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar “O’zbekiston – 2030” strategiyasidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishlar va 100 ta maqsadni mazmun-mohiyati va bu borada yoshlarga qaratilgan e’tibor va ularning salmoqli o‘rni hamda O’zbekiston Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida qator tashabbuslar ilgari surilganligi sharhlab berildi.

Davlatimiz rahbari nutqida aholisining deyarli yarmi yosh avlod vakillari bo‘lgan Markaziy Osiyo uchun yoshlar va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasi ayniqsa dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu sohada hamkorlikni kuchaytirish maqsadida yaqinda mintaqamiz davlatlari tomonidan Yoshlar siyosatining umumiy yo‘nalishlari haqidagi bitim imzolandi. Bu sohada Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatish maqsadida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish va uning doirasida “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030” dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

Shuningdek, yoshlar guruhlarga bo‘lingan holda davlatimiz rahbarining yuksak minbardan so‘zlagan nutqida ta’kidlangan sog‘liqni saqlash, gendir tenglik, yoshlar masalalari bo‘yicha o‘zbek, ingliz, rus tillarida debat va savol-javoblar tariqasida o‘zaro fikr almashishdi.

  • Ko'rildi
    97
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+