“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi

25.09.2023, 17:01

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi va partiya Chilonzor tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari loyihasi doirasida: “Yoshlar - Yangi O’zbekiston bunyodkorlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti anjumanlar zalida  bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi vakillari, xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar, partiya faollari ishtirok etishdi.

– Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olishdir. Loyiha doirasida kadrlarning bilimi, saviyasi, tajribasi, jamoatchilik o‘rtasidagi obro‘si xususida keng va batafsil o‘rganishga harakat qildik. Chunki partiyalar safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish ustuvor vazifamiz, – deydi O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi apparati bo‘lim mudiri Sarvarxon Ibroximxonov.

Tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 10 nafar yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi. Tadbir so‘ngida universitetning faol talaba yoshlariga partiyaning tashakkurnomasi topshirildi.

  • Ko'rildi
    159
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+