Xususiy universitetning talaba-yoshlariga muhim strategik hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi

28.09.2023, 12:02

Xususiy universitetning talaba-yoshlariga muhim strategik hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Buxoro psixologiya va xorijiy tillarga ixtisoslashgan xususiy universitetda O’zLiDePning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Robiya Salixova mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad – partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaviy faoliyatda izchil ish yurita oladigan munosib kadrlarni tanlash, yoshlar ongida vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish, siyosiy faolligini oshirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Davra suhbati ishtirokchilari diqqat-e’tiboriga davlatimiz rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi, unda ilgari surilgan dolzarb vazifalar, ayniqsa yoshlar siyosatiga oid eng muhim yo‘nalishlar havola etildi.

Chindan ham, aholisining deyarli yarmi yosh avlod vakillaridan iborat bo‘lgan Markaziy Osiyo uchun yoshlar va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasi ayniqsa dolzarb ahamiyatga ega. Shu bois O’zbekiston BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan samarali hamkorlikni o‘rnatish, boshqa mintaqalarning ilg‘or tajriba va yutuqlarini o‘rganishdan manfaatdordir.

Shu bois, Prezidentimiz tavsiyasiga binoan BMT huzurida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhning  tashkil etiladigan va uning doirasida “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030” dasturi ishlab chiqiladigan bo‘ldi.

Tadbir ishtirokchilari, shuningdek, “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati bilan ham yaqindan tanishtirildilar. Bu haqda so‘z yuritgan partiya Kogon tuman Kengashi apparati rahbari, mahalliy Kengash deputati Sh.Bo‘ronov ushbu muhim hujjat beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsadni o‘z ichiga qamrab olganligini, Yangi O’zbekiston keng iqtisodiy imkoniyatlar mamlakati ekanligini, uni shakllantirish jarayonida mamlakatimiz yoshlarini yetuk, dunyoqarashi keng, bilimdon qilib tarbiyalash muhim vazifa sifatida belgilab olinganligini, talaba-yoshlarning puxta bilim olishi, o‘z tanlagan sohasining malakali mutaxassisi bo‘lib yetishishini ta’minlash maqsadida yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini qayd etdi.

Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi. Tadbir doirasida O’zLiDeP ning dasturiy g‘oya va maqsadlari bilan tanishgan bir guruh yoshlar partiya safiga qabul qilindilar.

  • Ko'rildi
    161
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+