O’zLiDePning «Parlamentda yoshlar o‘rni» loyihasi doirasida muloqot o‘tkazildi

05.10.2023, 16:05

O’zLiDePning «Parlamentda yoshlar o‘rni» loyihasi doirasida muloqot o‘tkazildi

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan «Parlamentda yoshlar o‘rni» loyihasi doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilindi. Unda O’zLiDePning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashishga qaratildi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, Yoshlar parlamenti Raisi o‘rinbosari O.Sobitov tomonidan Partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar hayotga tatbiq qilinayotganligi, partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zahirasini shakllantirish va yoshlarning qonunchilik tashabbusida faolligini oshirish borasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M.Axmedova tomonidan yoshlarning hayotiy muammolarini bartaraf etish bo‘yicha aniq amaliy takliflar yuzasidan fikrlar bildirdi.

Yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini spikerlardan javoblarni olishdi.

  • Ko'rildi
    76
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+