Partiyamiz 20 yoshda: «O’zLiDeP yoshlar bilan» loyihasi

17.10.2023, 15:46

Partiyamiz 20 yoshda: «O’zLiDeP yoshlar bilan» loyihasi

O’zLiDePning tashkil etilganligini yigirma yilligi keng nishonlash arafasida turibmiz. Partiyaning «O’zLiDeP yoshlar bilan» loyihasi doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Milliy tadqiqot universiteti talaba-yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda O’zLiDePning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashishga qaratilgan islohotlarga to‘xtalib o‘tildi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, Yoshlar parlamenti Raisi o‘rinbosari O.Sobitov o‘tgan davr mobaynida partiyaning yoshlar yo‘nalishida qator yutuqlarga erishib kelinayotgani, ushbu sa’y-harakatlarni yanada davom ettirish maqsadida 20 ga yaiqn partiyaviy loyihalar tashkil qilinayotganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Universitet talaba yoshlari tomonidan bugungi kunda siyosiy partiyalarning o‘rni va mohiyati, Parlamentdagi islohotlar yuzasidan fikrlar tinglandi.

  • Ko'rildi
    144
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+