Buxorolik yoshlar salohiyatini oshirish O’zLiDeP faollari e’tiborida

18.10.2023, 12:19

Buxorolik yoshlar salohiyatini oshirish O’zLiDeP faollari e’tiborida

O’zLiDePning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida partiya viloyat Kengashi raisi, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov ushbu oliy ta’lim muassasidagi Tarix va yuridik fakultetining yurisprudensiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Unda talabalarning siyosiy savodxonligi, yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan xabardorligi sinovdan o‘tkazildi. “O’zbekiston—2030” strategiyasi xususida fikr almashildi. Jamiyatda yuqorida tilga olib o‘tilgan yo‘nalishlarning ahamiyati, bu borada dunyo tajribasi xususida mulohazalar bayon etildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlarga “O’zbekiston-2030” strategiyasining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berildi. Yangi O’zbekistonning kelajagi har taraflama yetuk, zamonaviy ilm-fan, kasb-hunar sirlarini mukammal egallagan yoshlar qo‘lida ekanligi, Strategiyada belgilangan bir qator maqsad va vazifalar ham aynan shunga qaratilganligi ta’kidlab o‘tildi. Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish, ularning intellektual salohiyatini oshirish, ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, yosh avlod o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish shular jumlasidandir.

Tadbir davomida talaba-yoshlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirar ekanlar, mamlakatimizda ular bilim olishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘zlari tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi sifatida kelgusida Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir yakunida talaba yoshlarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga tashkilotchilar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

  • Ko'rildi
    56
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+