Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik Toshkent viloyatida ham o‘rganilmoqda

23.10.2023, 17:40

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik Toshkent viloyatida ham o‘rganilmoqda

Yurtimizda kuz-qish mavsumiga jiddiy hozirlik ko‘rilmoqda. Bunda ayniqsa, ijtimoiy soha ob’ektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini mavsumga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zLiDeP ham aholi manfaatiga xizmat qiluvchi mazkur xayrli tadbirlarda faol ishtirok etib, masalani samarali yechim topishida munosib xissa qo‘shishni o‘z oldidagi dolzarb, ustuvor vazifalar sirasiga kiritgan.

Shundan kelib chiqqan holda partiya ishchi guruhi begilangan jamoatchilik nazorati tadbirlari doirasida Toshkent viloyatining tuman va shaharlarida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashni ta’minlash yo‘nalishida qilingan ishlar holatini o‘rganmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, dastlab partiya ishchi guruhi va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishida viloyatda 2023-2024 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishini yuqori saviyada tashkil etish masalasiga e’tibor qaratilib, kommunal soha rahbarlari ishtirokida jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni boshidanoq ijobiy hal qilishga erishish borasida o‘zaro fikrlashildi.

Xususan, iqtisodiyot tarmoqlari, uy-joy fondi va ijtimoiy soha muassasalarini mavsumda barqaror ishlashga tayyorlash, aholini o‘z vaqtida sifatli elektr energiya, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi kabi zaruriy manbaalar bilan ta’minlovchi soha rahbarlarining o‘z korxonalaridagi texnik asbob-uskunalarning soz holatda ekani, qo‘shimcha podstansiya va jihozlar o‘rnatish zarurati, kommunal xizmat sifatini oshirish masalalari bo‘yicha mavjud muammolari borasidagi ma’lumotlari tinglanib, ularni bartaraf etish borasidagi takliflari olindi.

Shundan so‘ng partiya vakillari joylarga chiqqan holda ijtimoiy soha ob’ektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirmoqda.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyatining Angren, Olmaliq, Chirchiq shaharlari, Bekobod, Bo‘ka va Chinoz tumanlarida ishchi guruhlar kompleks o‘rganishlarni tashkil qilib boradi va boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    99
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+