Fidoyi, tashabbuskor yoshlar taqdirlandilar

05.12.2023, 12:01

Fidoyi, tashabbuskor yoshlar taqdirlandilar

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashida partiya dasturiy maqsadlarini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilishda faol ishtirok etgan bir guruh yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Partiya viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Orifjon Mahmudov partiyaning o‘tgan davr mobaynida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlarda erishilgan yutuqlar, deputatlarnning elektorat manfaatlariga oid qator qonunlarning qabul qilinishidagi tashabbuskorligi, mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhlarining iqtisodiy-ijtimoiy muammolarning yechimiga oid qarorlari, mamlakatimizda mulkdorlar qatlamining shakllanganligi, tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitining yaratilgani, bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotida, jumladan, qishloq xo‘jaligida, sanoatda va boshqa sohalarda   xususiy sektor ulushining yildan-yilga ortib borayotganligi xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek “Yosh muvaffaqiyatli tadbirkor”, ”Yoshlarning jamoatchilik nazorati”, “Parlamentda yoshlar o‘rni” kabi loyihalar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Partiya faoli, jurnalist Komiljon Fayziyev esa “O’zbekiston -2030” strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalar va unda belgilangan yuzta maqsad, buni amalga oshirishda yoshlarning o‘rni va mas’uliyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Partiya Namangan shahar kengashi apparat rahbari, deputat Sohiba Gapparova yoshlarga bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari,tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar xususida  mulohaza bildirdi.

Shundan so‘ng bir nechta yoshlarga partiya a’zoligi guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi. Partiya dasturiy maqsadlarini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilishdagi faol ishtiroki uchun yoshlar vakillari O’zLiDePning tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

  • Ko'rildi
    92
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+