Deputatlar kichik sanoat zonalarida yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari bilan tanishdilar

14.12.2023, 10:10

Deputatlar kichik sanoat zonalarida yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari bilan tanishdilar

O'zLiDeP Xorazm viloyat va Bog‘ot tuman Kengashi hamkorligida Bog‘ot tumanidagi kichik sanoat zonasida o‘z faoliyatini boshlagan “BULTEX PRO”  korxonasida tuman Kengashi deputatlari ishtirokida sanoat zonalarida yaratilayotgan yangi ishchi o‘rinlar va imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Korxonada Turkiya texnologiyasi asosida 10 dan ortiq 3-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyimlari ishlab chiqarilmoqda. Tikuvchilik korxonasi ishga tushirilishi natijasida 260 nafar ishsiz fuqarolar, jumladan, xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi. Endilikda ular o‘z mehnatlari bilan oilalari moddiy farovonligini ta’minlash, turmush darajasini oshirish imkoniyatlariga ega bo‘lishdi. 

-Qo‘liimda tikuvchilik hunarim bor, ammo ko‘p vaqtdan buyon ishsiz edim. Tumanimizda yangi tikuvchilik korxonasi ish boshlaganligini eshitib, bu yerga ishga keldim. Oylik maoshlari va sharoitlari menga juda yoqdi. Issiq ovqat va transport bilan ta’minlanganmiz, - deydi korxona ishchisi Dilbar Matyakubova.

Loyiha qiymati 23,8 mlrd so‘m bo‘lgan  mazkur korxonada kuniga besh-olti ming dona bolalar kiyimlari tayyorlanadi. Mahsulotlar Rossiya va Yevropa davlatlariga eksport qilinadi.

Deputatlar muloqotlar davomida korxona o‘z mahsulotlari bilan mamlakat va jahon bozorida o‘z o‘rinlarini topishlari bilan faoliyatlarini yanada kengaytirish, pirovardida yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida ham keng imkoniyatlarga ega ekanligi e’tirof etildi. Korxona mas’ulining ta’kidlashicha yaqin kunlarda yana 150 nafar ish o‘rinlari yaratilib unga asosan, “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar ishga olinishi ko‘zda tutilgan.

  • Ko'rildi
    74
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+