Partiyaning hududiy kengashlari faoliyati sarhisob qilinib, yangi yildagi rejalar belgilab olinmoqda

09.01.2024, 18:03

Partiyaning hududiy kengashlari faoliyati sarhisob qilinib, yangi yildagi rejalar belgilab olinmoqda

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashining o‘tgan yildagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi va joriy yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishni partiyaning Xorazm viloyat Kengashi raisi Islom Fayzullayev so‘zga chiqib, o‘tgan 2023 yil muhim siyosiy jarayonlarga boy yil bo‘lgani, bunda partiyaning barcha yo‘nalishlarda faollik ko‘rsatganligini alohida e’tirof etdi.

Xususan, o‘tgan bir yil davomida partiyaning Xorazm viloyat Kengashi safiga 4 mingdan ziyod a’zolar qabul qilinib, 31 ta tayanch tuzilmalari yangidan ochildi. Hozirgi kunda Xorazm viloyati  bo‘yicha 105 mingdan ziyod a’zolar 1158 ta boshlag‘ich tashkilotga biriktirilgan holda faoliyat olib bormoqda. Partiya deputatlik guruhlari tomonidan aholi bilan bevosita ishlash, hududlardagi muammolarni jamoatchilik nazorati tadbirlari orqali qator masalalarni hal qilishda jonbozlik ko‘rsatdi.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga ko‘maklashish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va shu orqali bandiligini ta’minlash borasida ham ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi.

Yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida ham 20 dan ortiq partiyaviy loyihalar amalga oshirilib, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga partiya faollari ko‘magida moddiy yordam ko‘rsatish borasida viloyat bo‘yicha 492 tani turli tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olganlar “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da  partiya yoshlar bilan ishlash borasida yanada faol bo‘lish, o‘tkaziladigan tadbirda partiya faoliyatini yanada jonlantirish, ilgari surayotgan maqsadlari xalqchilligini oshirish, partiya a’zolarining siyosiy bilimlarini kengaytirish, deputatlarning mahallardagi sayyor qabullarini, xalq bilan muloqotlarini yanada kuchaytirish borasida tinimsiz izlanish lozimligi alohida e’tirof etildi.  

Yig‘ilish yakunida  tadbirlarni tizimli tashkil qilish, partiya a’zolar safini yanada kengaytirish, partiya loyihalarini yuqori saviyada tashkil etish  borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    63
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+