Eng yaxshi biznes rejalar tanlab olinmoqda
19.01.2024, 16:08
O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi va O’zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda “Eng yaxshi biznes reja” tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.
Hozirda partiya azoligiga qabul qilingan bevosita tadbirkorlik va fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, kasanachilikni rivojlantirish yo‘lida partiya qator hamkor tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.
Bu boradagi ishlarni O’zLiDePning birgina Xorazm viloyat Kengashi misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, 2023 yilda hamkor tashkilotlar ishtirokida viloyat hududida 400 dan ortiq o‘quv seminarlari, uchrashuv va davra suhbatlari hamda ommaviy hayriya tadbirlari tashkil etilib, ularda 18 690 nafar xotin-qizlar ishtirok etishgan bo‘lsa, ushbu o‘tkazilgan tadbirlar ayni paytda o‘zining ijobiy samaralarini berayotganini alohida takidlash joiz.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga o‘z ishlarini yo‘lga qo‘yishda ham nazariy ham amaliy jihatdan yaqindan ko‘maklashish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ularga biznes rejalar tuzish hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyoz va pereferensiyalar asosida kredit olish bilan bog‘liq masalalarda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.
Tanlov davomida Xorazm viloyatida kichik biznes, tadbirkorlik va servis sohasini rivojlantirishda faol xotin-qizlarning biznes loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot yakunida hakamlar hay’ati tomonidan eng faol, eng yaxshi biznes loyihalar saralab olinib, tanlov g‘olib va sovrindorlari taqdirlandilar.
Ko‘rik-tanlov yakuniy xulosasiga ko‘ra 1-o‘rinni Urganch shahridan Zaynab Sobirova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Hazorasp tumanidan Zaynura Kenjayeva hamda 3-o‘rinni Urganch shahridan Aysha Shukurovalarga nasib etdi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga viloyat Kengashining diplomi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring