300 ta ish o‘rni yaratgan korxona faoliyati bilan tanishildi

19.01.2024, 16:12

300 ta ish o‘rni yaratgan korxona faoliyati bilan tanishildi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining mustahkam tayanchidir. Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar samarasida mazkur tarmoq, nafaqat yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda asosiy bo‘g‘in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining muhim omiliga aylandi. Tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlash bilan birga, yurtimiz eksport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda joriy yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi yurtimiz taraqqiyotida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Chunki investitsiyalar iqtisodiyoni harakatga keldiradi. Shu bilan birga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal  rivojlanadi.

Xorazm viloyatida ham mazkur sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari, eksportbop korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida O’zliDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan Urganch shahridagi “GLASS PRO” mas’uliyati cheklangan jamiyatida "Eksport - taraqqiyot asosi" loyihasi doirasida o‘rganishlar olib borildi.  

 Urganch shahridagi mazkur MChJ tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar yuqori sifati bilan aholiga manzur bo‘lmoqda. Korxona  eng ilg‘or, ya’ni kompyuterlashtirilgan dastgohlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular yordamida oynalarni kesish, ularni qayta ishlash, toplangan oyna ishlab chiqarish, charxlash, bukish, teshish, naqsh va turli xil chiroyli shakllar chizish kabi nozik ishlar ham amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, jamoa uy, ofisga mo‘ljallangan oynavand eshiklar, rangli oynalar, akvariumlar va boshqa ko‘pgina uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlashni ham yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mahsulotlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston kabi MDH davlatlariga eksport qilinmoqda.

Tadbirkorlik sub’ekti ochilgan vaqtda 3-4 nafar xodim ishlagan bo‘lsa bugungi kunda korxonada 300 nafarga yaqin ishchi mehnat qilmoqda. Ishga shu yo‘nalishga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari jalb qilingan. 

Tadbikorning eng muhim jihati bozor iqtisodiyoti talablari asosida ish olib borishdir. Korxonada kelgusida ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport hajmini oshirish mo‘ljallanmoqda. Bu esa yurtimiz iqtisodiyotini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    92
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+