Surxondaryoda eng yaxshi biznes loyiha muallifi saralandi
23.01.2024, 15:19
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashida xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi biznes loyiha” tanlovi o‘tkazildi. Unda barcha tumanlardan o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan va endilikda faoliyatini kengaytirish niyatida bo‘lgan tadbirkor ayollar hamda bu yo‘nalishga qadam qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlar o‘zlarining biznes rejalari, loyihalari bilan ishtirok etishdi.
— Xonadonimizdagi 30 sotix yerga issiqxona qurganmiz, — deydi sherobodlik Nazira Choriyeva. — Unda bodring, pomidor, limon, qulupnay hamda gul ko‘chatlarini parvarishlaymiz. Bularga qo‘shimcha ravishda anor ham yetishtirib, mahalliy bozorda sotamiz. Bir yilda o‘rtacha 100 million so‘m daromad qilamiz. Endilikda qo‘shimcha yer va kredit olib, faoliyatimni yanada kengaytirmoqchiman.
Tanlov nihoyasida tumanlardan saralangan ishtirokchilarning faoliyati hay’at a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirildi va munosiblar g‘olib deb e’lon qilindi.
— Qariyb besh yildan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman, — deydi Termiz tumanidagi “Aysha Malak Trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Mahliyo Turdimorodova. — Asosan, tikuvchilik bilan shug‘ullanamiz va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaramiz. 5 nafar xotin-qizni doimiy, 20 nafarini esa mavsumiy ish bilan ta’minlaganman. Bundan tashqari, qandolatchilik va tikuvchilikni o‘rgatadigan o‘quv kurslari faoliyatini ham yo‘lga qo‘yganmiz. Biroq, bu bilan cheklanib qolmasdan ushbu faoliyatimni yanayam kengaytirish niyatidaman. Ushbu tanlovda mening biznes loyiham eng yaxshi deb topildi. Partiyaning bunday qo‘llab-quvvatlovidan mamnunman.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring