“Samarqand GESlari kaskadi” unitar korxonasi ishchi-xodimlari partiya safiga qo‘shildi

31.01.2024, 15:44

“Samarqand GESlari kaskadi” unitar korxonasi ishchi-xodimlari partiya safiga qo‘shildi

O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi deputatlari Samarqand GESlari kaskadi unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli zamonaviy islohotlar kesimida barcha jabhalar qatori gidroenergetika sohasida ham tub o‘zgarishlar, ilmiy-texnik islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari davom ettirilmoqda. Bu borada, mavjud GESlarni texnologik jihatdan quvvatlarini oshirish hamda modernizatsiyalash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabbat bilan O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi deputatlari va partiya Faxriylar Kengashi a’zolari  Samarqand GESlari kaskadi unitar korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi apparat rahbari, shahar Kengashi deputati Fazliddin G’aybullayev o‘tgan qisqa fursat ichida energetika sohasida qator islohot olib borilayotganligini alohida ta’kidladi.

Bugungi kunda  “Samarqand GESlari kaskadi” unitar korxonasi 5 ta gidroelektrostansiyadan tashkil topgan va ularning 4 tasi Samarqand viloyatining janubiy-g‘arbiy qismida Darg‘om kanalida bunyod etilgan. Beshinchi - Urgut gidroelektrostansiyasi Urgut shahridan 10 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, tizim tarkibidagi GESlarning yillik o‘rtacha ishlashi natijasida 73 mln. kVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Mazkur korxona 2017-2023 yillar “Samarqand GESlari kaskadi” unitar korxonasida oldinga siljish ko‘zga ko‘rindi. GESlarda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. “O’zbekgidroenergo” AJ doirasida Samarqand viloyatida 5 ta Mikro GES qurildi. Shuningdek, 2021 yildan boshlab Xishrav GES (GES-2B)da investitsiya loyihalari asosida Xitoy xalq Respublikasining “CNTIC” kompaniyasi tomonidan modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonning demontaj-montaj ishlarida korxonaning malakali ishchi xodimlari faol ishtirok etishmoqda. Modernizatsiya ishlari tugallanganidan so‘ng stansiyaning o‘rnatilgan quvvati 26.6 MVTni tashkil qiladi.

Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan mazkur davra suhbatida O’zLiDePga qiziqish bildirgan bir qator faollarga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    112
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+