Quyi bo‘g‘inlar faoliyati sarhisob qilinyapti

20.02.2024, 14:27

Quyi bo‘g‘inlar faoliyati sarhisob qilinyapti

Shu kunlarda O’zLiDeP hududiy kengashlarda faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotlarning hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda quyi bo‘g‘in tomonidan yil davomida amalga oshirgan ishlari sarhisob qilinyapti, faoliyatiga tanqidiy-tahliliy baho berilmoqda.

Quva tumani Tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan  boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkilotining bir yillik faoliyati sarhisob qilindi hamda joriy yilda qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tuman Tibbiyot birlashmasi boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi etib Irodaxon Nabiyeva bir ovozdan ma’qullandi. Bundan tashqari boshlang‘ich partiya tashkiloti taklif va muammolari o‘rganildi.

Hisobot saylov yig‘ilish yakunida partiyaga yangi a’zolar qabul qilindi.

 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    65
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+