‘‘Siyosiy munozara’’ yoshlar debat klubi yo‘lga qo‘yildi

20.02.2024, 18:08

‘‘Siyosiy munozara’’ yoshlar debat klubi yo‘lga qo‘yildi

O’zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshida “Siyosiy munozara” yoshlar debat klubining taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda qayd etilganidek, “Siyosiy munozara” yoshlar debat klubining asosiy maqsadi yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga yo‘naltirish, erkin fikrlaydigan, mustaqil pozitsiyaga ega hamda o‘zining qarashlari va g‘oyalari bilan atrofidagi yoshlarni ergashtira oladigan yangi avlod kadrlarini shakllantirishdan iborat.

Klub o'z faoliyati mobaynida yoshlarni bahslashish etiketi va o'z fikrini erkin ayta olish ko‘nikmalariga o‘rgatish, yoshlarda barcha ko'rinishdagi salbiy holatlarga qarshi kurashuvchanlik ruhini yaratish va rivojlantirish, ularning bo'sh vaqtini maqsadli va mazmunli tashkil etish hamda amaliy - ijodiy qiziqishlarini qo‘llab - quvvatlash vazifalarini amalga oshiradi. Shuningdek, yoshlarning notiqlik san’ati, tinglash va tahlil qilish hamda o‘z argumentlarini himoyalash malakasini oshiradi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, “Siyosiy munozara” yoshlar debat klubi o‘z faoliyatini siyosiy, ijtimoiy, axloqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, tarixiy va boshqa mavzulardagi debatlar ko‘rinishida amalga oshiradi. Ikki haftada bir marotaba tashkil etiladigan klub debatlarida yosh yigit-qizlarning ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga ko‘maklashiladi.

  • Ko'rildi
    114
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+