O'zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari parlament faoliyati bilan tanishdilar

22.02.2024, 09:18

O'zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari parlament faoliyati bilan tanishdilar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosida O'zLiDeP “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Loyiha doirasida talaba-yoshlar ishtirokida O'zLiDePning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashishga qaratildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi  O'zLiDeP fraksiyasi a’zolari partiyaning saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar hayotga tatbiq qilinayotganligi, partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zahirasi shakllanayotgani, parlamentda muhokama qilinayotgan qonun loyihalarida yoshlarning ham faol ishtirok etishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Shuningdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati, qonun va norma ijodkorligi jarayonlarida yoshlar o‘rni haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Talaba-yoshlarning bugungi kunda siyosiy partiyalarning o‘rni va mohiyati, Parlamentdagi islohotlar yuzasidan fikrlari tinglandi.

Tadbir ishtirokchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining binosi, muzey va kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

 

  • Ko'rildi
    88
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+