Davlat dasturi targ‘iboti va ijrosiga bag‘ishlangan o‘quvlar tashkil qilinyapti

01.03.2024, 21:48

Davlat dasturi targ‘iboti va ijrosiga bag‘ishlangan o‘quvlar tashkil qilinyapti

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamkorligida Prezidentimizning “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini o‘rganish va uning ijrosini ta’minlashda partiya oldida turgan vazifalarga bag‘ishlangan respublika miqyosidagi davra suhbati va o‘quvlar tashkil etilmoqda.

O’quvlar jarayonida asosiy e’tibor:

- “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishida mafkuraviy ishlarni yanada jonlantirish, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, partiyaning strategik hamkorlari bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ular bilan hamkorlikda yangi tizimli loyihalarni ishlab chiqish;

- Farmonni partiyaning barcha bo‘g‘inidagi faollari, deputatlari, elektorat vakillari orasida keng tushuntirish va targ‘ibot qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- Farmonda belgilangan vazifalar yuzasidan hududiy partiya tashkilotlarining 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejalari uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqish va hududlarga yetkazilishini ta’minlash;

- Farmonni tushuntirish yuzasidan Siyosiy ta’lim markazlari tomonidan partiyaning deputatlik guruhlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari va partiya xodimlari hamda faollari uchun partiya o‘quvini o‘tkazish maqsadida uslubiy materiallar ishlab chiqish va uni partiyaning barcha bo‘g‘indagi tashkilotlariga yetkazilishini ta’minlash;

- Kompleks chora-tadbirlar dasturiga kiritiladigan partiyaviy loyihalar hamda amaliy tadbirlarni, avvalambor, O`zLiDeP Dasturi hamda Saylovoldi dasturi (platformasi)da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash nuqtai nazaridan tashkil etish va ularning amaliy natijalarini ta’minlashga erishish vazifalariga qaratilmoqda.

Shuningdek, davlat dasturidagi Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish, Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash, Suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish, Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish kabi yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va chora-tadbirlar haqida uslubiy va ko‘rgazmali materiallar asosida tushuntirishlar berilib, interfaol muloqotlar tashkil etilmoqda.

Kuni kecha mazkur o‘quv seminarning dastlabkisi ZOOM onlayn hamda markaziy studiyada offlayn shaklida partiyaning barcha hududiy Kengashlari xodimlari, fraksiya a’zolari, mahalliy Kengashlar deputatlari va BPT vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbirda partiyaning hududiy Kengashlari vakillari, fraksiya a’zolari, mahalliy Kengashlar deputatlari va BPT raislari faol ishtirok etib, o‘zlarining ko‘plab taklif va mulohazalarini bildirdilar.

 Nasimjon Alimov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

Siyosiy ta’lim markazi rahbari.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    38
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+