Senator yoshlar bandligini taʼminlash masalasini muhokama qildi

13.03.2024, 21:48

Senator yoshlar bandligini taʼminlash masalasini muhokama qildi

Xorazm viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi eksportini rivojlantirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Senatining Agror va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Tajiyev ishtirok etdi. Senator va partiya faoli o‘z so‘zida ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish nafaqat mamlakatimizda balki butun dunyoda dolzarb muammolar sifatida saqlanib qolayotganligini taʼkidladi.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish belgilab berildi.

Strategiyadagi mazkur maqsadlar viloyatda suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish, ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga taʼsir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish, o‘rmonlar maydonini kengaytirish va boshqa dolzarb muammolarni nazarda tutadi.

Shuningdek, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan ishsiz yoshlarga, ayollarga yer ajratib berish va shu orqali oilaviy daromadlarini oshirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlandi.

– Yoshlar bandligini taʼminlashning eng samarali usullaridan biri bu – yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa, ikkinchisi –dehqonchilik qilish uchun ularga yer ajratishdir, – deydi senator B.Tajiyev. – Shu sababli ayni vaqtda joylardagi uchrashuvlarimiz davomida bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratishimiz kerak. Eng asosiysi, zaxira yerlarni yoshlarga foydalanish uchun berish, tomorqada limonchilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik qilishlari uchun kreditlar ajratishda ham ularga eng yaqin ko‘makchi bo‘lyapmiz.

        Tadbirda dehqonchilik ishini boshlagan yoshlarga yerlarni tayyorlash, urug‘, ko‘chat va daraxtlar ekish hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish kerakligi qayd etib o‘tildi.

  • Ko'rildi
    31
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+