Yoshlarning muammo va takliflari e’tiborsiz qolmadi

22.03.2024, 14:44

Yoshlarning muammo va takliflari e’tiborsiz qolmadi

O'zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan «Parlamentda yoshlar o‘rni» loyihasi doirasida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil qilindi.

Mazkur loyihaning maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tilarkan, asosiy maqsad yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etilishi  jarayoniga keng jalb qilish, deputatlik guruhlarining yig‘ilishlari kun tartibiga yoshlar muammolari bilan bog‘liq masalalarni olib chiqish ekanligi takidlandi.

Tadbirda partiyaning “Yosh muvaffaqiyatli tadbirkor”, “Yoshlarning jamoatchilik nazorati”, “Parlamentda yoshlar o‘rni” kabi loyihalari haqida ham ma’lumotlar berildi.

Shuningdek tadbir ishtirokchilari “O’zbekiston - 2030” strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalar va unda belgilangan maqsad va vazifalar, uni amalga oshirishda yoshlarning o‘rni va mas’uliyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    42
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+