Buxoroda “Yangi O’zbekiston bog‘i” barpo etilmoqda

27.03.2024, 12:10

Buxoroda “Yangi O’zbekiston bog‘i” barpo etilmoqda

Buxoro tumanining viloyat markaziga tutash bo‘lgan “Bog‘idasht” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli 40 gektarda maydonda barpo etilayotgan “Yangi O’zbekiston bog‘i” hududida ommaviy daraxt ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bunda partiyamiz vakillari ham faol qatnashdilar.

 Unda viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, shahar va tuman hokimliklari mutasaddilari, siyosiy partiyalar vakillari, jumladan O’zLiDeP mas’ullari va faollari, partiya faxriylari va deputatlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talabalari, keng jamoatchilik vakillari, obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xizmatchilari, sportchi yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ommaviy daraxt ekish tadbiri avvalida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Botir Zaripov muborak Ramozon oyida yaxshi niyat qilib, yerga nihol ekish savob amallardan ekanini ta’kidladi.

 Shundan so‘ng yaxshi niyat bilan barcha “Yangi O’zbekiston bog‘i”ga daraxt o‘tqazdi. Tadbir davomida 6 mingga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Shu yerda tadbir ishtirokchilari bog‘ hududida barpo etilishi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan ham yaqindan tanishdilar.

Loyihaga ko‘ra “Yangi O’zbekiston bog‘i” yaqin kelajakda shahar aholisi va mehmonlari uchun tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim maskan bo‘lishi, unga tutash hududda favvoralar, futbol va bolalar o‘yingohlari, sport maydonchalari barpo etilishini, kelgusida bu yerda umumxalq bayramlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi ma’lum qilindi.  

  • Ko'rildi
    23
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+