Sayxunobodda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berilyapti

27.03.2024, 12:18

Sayxunobodda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berilyapti

Mamlakatimizda dolzarb masalalardan biri – bandlik. Iqtisodiy islohotlar yoki hududiy dasturlar bo‘lsin, barchasining zamirida ish o‘rinlari ochish, aholi hayotini yaxshilash maqsadi mujassam.

So‘nggi yillarda 2 million 400 ming aholi o‘zini o‘zi band qildi. Qariyb 2 million odam kambag‘allikdan chiqarildi. “20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida 455 ming aholining badligini ta’minlash bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Mahallabay asosda 51 mingta mikroloyiha amalga oshirilib, 206 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Ishsiz fuqarolar “Ishga marhamat” monomarkazlarida zamonaviy kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitilmoqda.

Joriy yilgi davlat dasturida 5 million aholining bandligini ta’minlash belgilangan. Shundan 2 milliondan ziyodi qishloq xo‘jaligi va tomorqachilik sohasiga to‘g‘ri keladi.

Prezidentimiz har doim mamlakat miqyosidagi dasturlarni, xayrli ishlarni eng og‘ir tumanlardan boshlash kerakligini aytadi. Bundan maqsad, avvalo, o‘sha yerdagi sharoitni yaxshilab, odamlarning og‘irini yengil qilish hamda shuning barobarida, bunday tumanlarda nimalar qilish mumkinligini amalda ko‘rsatishdir.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan Sayxunobod tajribasini viloyatning chekka xududlariga ham yetkazish, aholi daromadini oshirishda tomorqa va uy xo‘jaligidan samarali foydalanish choralari yuzasidan O’zLiDeP Sirdaryo viloyati, tuman kengashi, deputatlardan tashkil topgan ishchi guruh a’zolari “Mening serdaromad bog‘im” loyihasi doirasida o‘rganishlar olib boryapti.

Partiya vakillari "Nurobod" MFYda yashovchi Muxayyo Maxmudovaning 50 sotixli issiqxonasini ko‘zdan kechirishdi. Unda pomidor va bodring yetishtirib kelinadi. Bu yerda doimiy 5 nafar, mavsumiy 15 nafar ayollar ish bilan taminlanib, yiliga 2 marotaba hosil yig‘ib olinadi hamda daromad yiliga o‘rtacha 230 million so‘mni tashkil etadi.

Limon yetishtirish bilan shug‘ullanuvchilar mahallasi bo‘lmish “Shodlik” MFYda ham aholi tomorqalari o‘ragnildi. Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Lola Ro‘ziyeva hamda Akrom Ro‘ziyevlar o‘z honadonlaridagi tomorqa yerlaridan 15 yildan buyon unumli foydalanib kelmoqda.

Akrom Ro‘ziyev 4 sotixli isiiqxonasida 39 tup limon yetishtiradi va yiliga o‘rtacha 40 million so‘m daromad oladi. Lola Ro‘ziyeva esa 6 sotixli isiiqxonasida 84 tup limon hamda rediska yetishtiradi va uning yillik o‘rtacha sof daromadi 60 million so‘mni tashkil qiladi.

O’rganishlar davomida tomorqa yer egalarini qiynab kelayotgan muammolari eshitildi va ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    43
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+