Beruniylik maslakdoshlarimiz safi kengaymoqda

27.03.2024, 12:28

Beruniylik maslakdoshlarimiz safi kengaymoqda

Beruniy tumanidagi “Rayhon Apparel”  MChJ qoshidagi BPTda hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda quyi bo‘g‘inning 2023 yildagi faoliyati ko‘rib chiqildi va 2024 yilda bajariladigan ish rejasi ham tasdiqlab olindi.

Mazkur tikuv fabrikasi 2023 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, hozirda 500 nafar ishchi mehnat qilib kelmoqda. Tayyor mahsulotlar Xitoy va Rossiya davlatlariga buyurtma asosida eksportga yo‘naltirmoqda. Korxonada o‘rnatilgan zamonaviy bichish-tikish mashinalari Yaponiya va Germaniya davlatidan keltirilgan, ish jarayoni va sifati esa turkiyalik mutaxassislar tomonidan o‘rgatilib kelinyapti. O’tgan yili korxona tomonidan 1 mln 500 ming AQSh dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltirilgan.

Hisobot-saylov yig‘ilishida kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib muhokama qilindi. Boshlang‘ich partiya tashkilotining 2023 yildagi faoliyati qoniqarli deb topilib, quyi bo‘g‘in yetakchiligiga Sherzod Sadikov nomzodi qayta saylandi. Yig‘ilish davomida mazkur korxonada faoliyat yurituvchi ishchi xodimlar partiya safiga a’zolikka qabul qilindi va partiya guvoxnomalari topshirildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    33
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+