950 nafardan ortiq partiya a’zosi bo‘lgan quyi bo‘g‘in faoliyati sarhisob qilindi

27.03.2024, 12:32

950 nafardan ortiq partiya a’zosi bo‘lgan quyi bo‘g‘in faoliyati sarhisob qilindi

Ayni kunlarda O`zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tarkibidagi quyi bo‘g‘inlarda hisobot saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Hududlarda bo‘lib o‘tayotgan quyi bo‘g‘inlardagi hisobot-saylov yig‘ilishlari partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini aholining barcha qatlamlari orasida keng targ‘ibot qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, aynan partiya hayotida alohida o‘rin tutuvchi bu siyosiy jarayonda, amalga oshirilgan targ‘ibot tadbirlari va ularning samarasi sarhisob qilinib, yo‘l qo‘ygan xatolardan kerakli xulosalar chiqariladi hamda kelgusi yilda amalga oshirish zarur bo‘lgan ish rejalari belgilab olinadi.

1267 nafar xodim faoliyat yuritib kelayotgan “NKMK Jamg‘armasi” DM tasarrufidagi Tibbiy-sanitariya bo‘limidagi boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Alisher Tuqsanov rahbarlik qilayotgan ushbu tashkilot qoshidagi quyi bo‘g‘inda  958 nafar partiya faollari birlashgan. Hisobot-saylov yig‘ilishda quyi bo‘g‘in yetakchisi I.Ahtamov partiya Saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalar hamda partiyaning targ‘ibotiga qaratilgan 50 dan ortiq tadbirlar tashkil etilganiga urg‘u berib o‘tdi. Shuningdek,  aholi murojaatlarini o‘rganish, partiyaning shahar bo‘limi hamda mahalliy kengash deputatlari orqali tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib. 

Targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borilishi natijasida o‘tgan yil davomida partiya a’zolar soni 109 nafar oshirishga erishildi. Hisobot davomida faollar tomonidan ko‘pchilikni qiynayotgan turli ijtimoiy muammolarni, aholi tomonidan tushgan murojaatlarni ijobiy hal qilishda BPT faollari hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati A.Tuksanov jonbozlik ko‘rsatayotgani alohida takidlab o‘tildi.

Jamoa tomonidan yetakchining hisoboti qoniqarli deb topildi va I.Ahtamov BPTga yakdillik bilan qayta rais etib saylandi.

Tadbir so‘ngida bir guruh quyi bo‘g‘in a’zolariga partiyaviy tadbirlarda hamda a’zolar sonini oshirishda faol ishtiroki uchun estalik sovg‘alar topshirildi.

A.Uzoqov

O'zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi mudiri bo‘lim

  • Ko'rildi
    43
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+