Urug‘liklar yetishtirish va sifatini nazorat qilish borasidagi ishlar muhokama qilindi

31.03.2024, 10:04

Urug‘liklar yetishtirish va sifatini nazorat qilish borasidagi ishlar muhokama qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni ko‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda eksportbop va ijtimoiy ahamiyatga ega meva-sabzavotlar yetishtirishda ko‘chat va urug‘ taʼminoti” mavzusidagi davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, vazirlik huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi, Bojxona qo‘mitasi, “Uzstandart” agentligi, Xalqaro FAO tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Eksportni rag‘batlantirish, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi vakillari, ekspertlar, shuningdek tadbirkor va fermerlik subyektlari vakillari va sohaga aloqador boshqa tashkilotlar vakillari.

Keyingi yillarda mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yurtimiz hayotida qator o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu o‘z navbatida O‘zbekistonda qishloq ho‘jaligini izchil rivojlantirishda ko‘chat va urug‘ taʼminoti faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlar sifatini oshirish, ularning yangi turlarini joriy qilishga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasida Urug‘liklar yetishtirish va sifatini nazorat qilish dasturini bosqichma – bosqich oshirish borasida qilinayotgan ishlar ijrosi muhokama qilindi.

Shunindek, mamlakatimizda urug‘ va ko‘chatlarni  import qilish tartibi
va ularga berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida ham maʼlumotlar berildi.

Davra suhbati davomida urug‘chilik sohasida erishilgan natijalar, mavjud muammolar to‘g‘risida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi mutaxasislari va  olimlar tavsiyalar  tinglandi.

Bugungi tez o‘zgaruvchan dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash masalalari dolzarbligi bo‘yicha bir qator fikrlar bildirib o‘tildi. Hozirgi kunda butun respublika bo‘ylab intensiv bog‘lar barpo etish va sabzavotchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar faol amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi.

Davra suhbati davomida soha vakillari mamlakatimizda eksportbop va ijtimoiy ahamiyatga ega meva-sabzavotlar yetishtirishda ko‘chat va urug‘ taʼminoti yuzasidan o‘z fikrlari va takliflarini berib o‘tdilar.

  • Ko'rildi
    23
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+