Deputat dehqon bozorlarda narx-navolarni o‘rgandi

17.04.2024, 17:21

Deputat dehqon bozorlarda narx-navolarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi deputati Raxima Yuldasheva va ishchi guruh a’zolari Beruniy tumanida joylashgan "Shabboz" dehqon bozoridagi sanitariya hamda narx-navo holatlari o‘rganildi.
Bozor ma’muriyati tomonidan aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Elga xizmat” rastalari tashkil etilgan. Bu yerda birlamchi oziq-ovqat va qishloq-xo‘jalik mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda.
O‘rganish davomida go‘sht rastalaridagi beparvoligi, tozalik va gigena qoidalarini buzib savdo qilayotgan ayrim tadbirkorlar ogohlantirildi. Bozor hududidagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini nazorat qiluvchi laboratoriya faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Ayrim tovuq go‘shti mahsulotlarini sotuvchi tadbirkorlar mahsulot yaroqliligi bo‘yicha xulosa olmagan holda savdo qilayotgani aniqlanib, bu holatlarni oldini olish xususida ham mas’ullar ogohlantirildi.
Aholining iste’mol huquqlarini himoya qilgan holda, ularga sifatli va iste’molga yaroqli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida bu kabi nazorat tadbirini muntazam ravishda olib borish o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi.
O‘rganish davomida deputat "Shabboz" dehqon bozori rahbariyati bilan ham suhbatlashib, o‘z tavsiyalarini berdilar.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    20
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+