Talaba yoshlarni qiynayotgan muammolar deputat nazoratiga olindi

18.04.2024, 10:00

Talaba yoshlarni qiynayotgan muammolar deputat nazoratiga olindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi aʼzosi Navro‘z Rizayev, partiya faollari ishtirokida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar partiyaning siyosiy platformasi va kelgusi rejalari haqida keng maʼlumot berish bilan bir qatorda, Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritib, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

O‘tgan 2023 yilda Qonunchilik palatasi tomonidan 100 ta qonun qabul qilinib, senatga yuborilgani, 20 marta hukumat aʼzolari va davlat organlari rahbarlarining axboroti eshitilgani, mansabdor shaxslarga 15 ta parlament so‘rovi, 134 ta deputat so‘rovi yuborilganligi taʼkidlandi.

Muloqotda bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlar va xususiy sektor vakillari tomonidan tashkil etilayotgan oliygohlar soni yil sayin ko‘payib borayotgani, bugunga kunga kelib ular soni 200 dan oshganligiga urg‘u berildi. Bu ham O‘zLiDePning ustuvor maqsad va vazifalaridan biri ekanligi aytib o‘tildi.

Mazkur institut misolida mulohaza yuritilarkan, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan qiymati 3,2 mlrd. so‘mlik 2 ta amaliy loyihalar bajarilib, Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Tadbirkorlar Kengashi” tomonidan 2 nafar institut iqtidorli talabalari Startap loyihalari, qiymati 75,6 mln. so‘mga moliyalashtirilgan.

Uchrashuvda mazkur institutda tahsil olayotgan talaba yoshlarning ham taklif va mulohazalari eshitildi. Jumladan, Agrar instituti tasarrufidagi 2 ta ko‘p qavatli binoni yotoqxonaga aylantirish masalasi muammo sifatida ko‘tarildi. Chunki, oliygohda bugungi kunda 1600 nafar talabalar tahsil olmoqda va talab yoshlarni yotoqxona bilan taʼminlash dolzarbligicha qolmoqda. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, ijobiy yechim topishligini bildirdi.

Institut o‘qituvchi va talabalari tomonidan O‘zLiDeP safiga kirish takliflari ham bildirildi. 

  • Ko'rildi
    27
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+