Deputat Qarshi shahridagi xususiy bog‘cha, maktab va klinikalar faoliyatini o‘rgandi
18.04.2024, 11:39
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shahnoza Xolmaxamatova Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat ta’lim va maktabgacha ta’lim, oilaviy bog‘chalar hamda xususiy klinikalarda o‘rganishlar olib bordi.
Qarshi shahridagi “Avitsenna” nodavlat ta’lim maktabiga qilingan tashrifda maktab rahbari Xalimov Murodilla xususiy maktab 2020 yilda tashkil etilganligi, 600 o‘ringa mo‘ljallab ochilganligi, hozirda maktabda 400 nafar o‘quvchilar 5-11 sinflarda tahsil olayotganligi, maktab bitiruvchilarining 85 foiz OTMlarga o‘qishga qabul qilinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Maktabda 40 nafardan oshiq pedagog kadrlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Maxsus sinflar taalluqli jihoz va uskunalar bilan jihozlangan, o‘quvchilar uchun oshxonada bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yotoqxona faoliyati ham mavjud. Milliy sertifikat olgan o‘qituvchilar soni ham 4 nafarni tashkil etib, ular safi oshib bormoqda.
Maktabning pedagog kadrlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan davlat maktablari uchun o‘tkazilayotgan tanlovlarda xususiy maktab jamoalarining ishtirok etishlariga jalb etilmayotganligini bildirib, maktabning sport o‘yingohi uchun maydon yo‘qligi haqida maktab jamoasi ma’lum qildi.
Shuningdek, Qarshi shahridagi “ORZU-GENIY” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan ham tanishildi. Mazkur muassasa 2019 yilning 1 dekabrida faoliyatini boshlagan bo‘lib, asosan rus tiliga ixtisoslashtirilgan. 200 o‘ringa mo‘ljallangan tashkilotda barcha zarur shart-sharoitlar talab darajasida tashkil etilgan. Tashkilotning tajribali rahbari Orzugul Zayniyeva ko‘rgazmali tashviqot vositalari va qurollar milliylikka yo‘g‘rililganligi va bevosita tarbiyachilar tomonidan yasalganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Tadbirkor tomonidan hudud talablaridan kelib chiqib, 2022 yilda “Ravshanova Gulruhbegim Qaxramon qizi” ONMTT ham tashkil etilgan bo‘lib, 2 ta guruhda 50 nafardan ortiq bolajonlar tarbiyalanmoqda.
Xalq vvakili Qarshi shahridagi “GHERFUL KIDS” Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ham bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Nodavlat ta’lim muassasasi uch qavatli binodan iborat bo‘lib, unda 150 nafar bola tarbiyalanyapti, bog‘chada davlat talablariga asoslangan “Ilk qadam” Dasturi asosida ta’lim tarbiya olib borilmoqda. Bog‘chada chet tilini mukammal o‘rgatish, bolalarni sport bilan shug‘illanishga ixtisoslashtirilgan. Muassasada 12 nafar pedagoglar, 7 nafari oliy va 5 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli bo‘lib, 2 nafar sport murabbiylari sport to‘garaklarga rahbarlik qilib kelishmokda.
O‘rganishlar davomida nodavlat tibbiyot muassasalarining ham faoliyati o‘rganildi.
Qarshi shahridagi “Biomed” xususiy tibbiyot davolash muassasasi rahbari Bayramali Annayev bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda 85 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur tibbiyot muassassasida 87 nafar tajribali shifokorlar va ishchi xodimlar faoliyat ko‘rsatishi, xususiy shifoxonaga farzand talab sifatida shifo izlab respublikaning turli hududlaridan, Tojikiston, Turkmaniston va hattoki, Afg‘oniston davlatlaridan ham tashrif buyuruvchi bemorlar borligini aytib o‘tdi.
Takliflar masalasida mazkur muassasada kanalizatsiya tizimi yo‘qligi o‘ta og‘ir muammo bo‘lib, bu masala hanuzgacha o‘z yechimini topmay kelayotganligi, kuniga 5 tonnagacha hosil bo‘ladigan oqava suv qazilgan chuqurga sig‘masdan qolayotganligi, uni har kuni tashib chiqarish katta mablag‘ talab etayotganligini muassasa rahbari alohida ta’kidlab o‘tdi.
Xususiy tibbiyot muassasadagi bu masala bo‘yicha o‘rganish va kerakli vazirlikka taklif bildirishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
-
Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?
01.05.2024, 09:32
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq normalar yana-da ko‘payib, takomillashtirildi
30.04.2024, 16:15
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
Fikringizni qoldiring