Deputat Koson tumanidagi xususiy bog‘cha, klinika va sanoat zonalari faoliyati bilan tanishdi

19.04.2024, 13:55

Deputat Koson tumanidagi xususiy bog‘cha, klinika va sanoat zonalari faoliyati bilan tanishdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyarova Koson tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida nodavlat maktab, bog‘cha va tibbiyot muassasalar faoliyati bilan tanishdi.

Deputat tuman markazidagi “Ko‘zmunchoq” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurishib, uning faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur NMTT 2018 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda bu yerda 45 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib bormoqdalar.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi tashkil etilgan guruhlarda bugungi kunda 340 nafar bolajonlar malakali tarbiyachilar tomonidan tarbiyalanmoqda. Bog‘chada gimnastika, ingliz va rus tillari, mental arifmetika bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari chuqurlashtirilgan holda olib borilmoqda, – deydi NMTT mudirasi Mavjuda Jumayeva.

Shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etiladigan bolalar muassasasidagi ayrim muammolar hususida ham so‘z bordi.

Uchrashuv davomida G.Xudoyarova kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar hech shubhasiz, maktabgacha taʼlim sohasiga ham taalluqli bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar Koson tumanida ham yo‘lga qo‘yilganligi mazkur NMTT faoliyatida ham yaqqol ko‘zga tashlanayotganligini taʼkidladi.

Deputatning keyingi manzili tuman markazidagi “ELMED” innovatsion ginekologiya klinikasi bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur xususiy klinika 2020 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda bu yerda 11 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Xususiy klinika tashkil etilgan EKG, UZI, UTT, kalposkop, fitoterapiya, fizioterapiya, laboratoriya tahlillari bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvda yurtimizda xususiy tibbiyotlarning o‘rni, aholiga ko‘rsatilayotgan sifatli tibbiy xizmat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, mazkur xususiy klinikada faoliyat yuritayotgan shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ayrim muammolar hususida ham so‘z bordi.

Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirib, tadbirkorlikni rivojlantirishning zamonaviy, qulay va samarali usuliga aylanib bormoqda.

So‘nggi yillarda respublikamizning barcha hududlarida faol tashkil etilayotgan bunday iqtisodiy maydonlar import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish, joylarda eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini taʼminlashda yirik “drayver”ga aylandi.

Qonunchilik palatasi deputati G.Xudoyarova tumanidagi “BAXT” agro klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida, ushbu sanoat zonasiga tashrif buyurdilar.

Mazkur sanoat zonasi 2022 yilning oktyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, paxta tolasini qayta ishlab, undan to‘qilgan sifatli matolardan trikotaj mahsulotlarini eksport qilish bilan shug‘ullanishadi. 450 nafar ishchilarni qamrab olgan ushbu agro klasterning tikkan mahsulotlariga xorijdan talabgorlar ko‘p.

  • Ko'rildi
    24
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+