Deputatlar va O’zLiDeP faollari Narpayda

19.04.2024, 14:28

Deputatlar va O’zLiDeP faollari Narpayda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘z Rizayev, O’zLiDeP Samarqand viloyati kengashi rahbari I.Botirov va partiya faollari Narpay tumani Oqtosh shaharchasida joylashgan Davlat xususiy sherikchilik asosidagi “Oqtosh ko‘zmo‘nchoqlari” MTT da bo‘lib, bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Bolalar va tarbiyachilar bilan muloqotda bo‘ldi.

4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga bunyod etilgan mazkur ob’ekt,  3 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari hisobidan qurilgan. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida hozirgi kunda 25 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Bu yerda tashkil etilgan guruhlarda bugungi kunda 150 nafar bolajonlar tarbiyalanadi. Ularning 25 foizi bog‘chaga imtiyozli tarzda qabul qilingan. Bog‘chada gimnastika, ingliz va rus tillari, mental arifmetika bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari chuqurlashtirilgan holda olib borilyapti, - deydi NMTT mudirasi Madina Shamsiddinova.

Muloqot davomida deputat N.Rizayev yurtimizda xususiy MTTlarning o‘rni, kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalar bildirdi.

Shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etiladigan bolalar muassasasidagi ayrim muammolar hususida ham so‘z bordi.

Uchrashuv davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar hech shubhasiz, maktabgacha ta’lim sohasiga ham taalluqli bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar Narpay tumanida ham yo‘lga qo‘yilganligi mazkur NMTT faoliyatida ham yaqqol ko‘zga tashlanayotganligi ta’kidlandi.

  • Ko'rildi
    19
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+