Deputat “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi

19.04.2024, 14:53

Deputat “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shaxnoza Xolmaxamatova Yakkabog‘ tumani “Jambul”  mahallasi hamda Shahrisabz tumanidagi “Oqdaryo” mahallasi aholisi, mahalla yettiligi bilan muloqot qildi.

Suhbat davomida qonunchilikdagi yangiliklar, yashil makon va yashil energiya borasida tushuntirish va targ‘ibot masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida ham batafsil tushunchalar berildi.

Deputat mahalladagi aholi xonadonlariga ham borib, tomorqadan unumli foydalanayotganlariga guvohi bo‘ldi.

- 400 ta  shunday tomorqadan samarali foydalangan xonadonlarimiz bor,  mahallamiz aholisi judayam mehnatkash, - dedi Oqdaryo mahallasi hokim yordamchisi.

Rostan ham maktab direktori Muzaffar Uzoqov tomorqasida ertachi karam yetishtirish va tomorqa yeridan yiliga 3 marotaba daromad olish tashabbusi qishloq aholisiga va pedagog jamoa a’zolariga o‘rnak bo‘layotganligidan xursand bo‘ldik.

  • Ko'rildi
    30
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+