Tadbirkorlarning tashqi savdoda ishtirok etish imkoniyati oshmoqda

09.11.2017, 15:16

Tadbirkorlarning tashqi savdoda ishtirok etish imkoniyati oshmoqda

Joriy yil 3 noyabr kuni Prezidentimizning “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur me’yoriy hujjatlar mamlakatimizdagi barcha tadbirkorlik sub’ektlari qatori O’zLiDeP fraksiyasi a’zolarini ham quvontirdi.

Mazkur huquqiy hujjatlarda tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartib tamoyillarini soddalashtirish va eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvatlashga qaratilgan bir qancha yangiliklar mujassam.

Jumladan, farmon binoan eksport-import tartib-taomillarini optimallashtirish va maxsus turdagi tovarlarni eksport hamda import qilish uchun litsenziya berish funksiyalari yagona organda birlashtirilmoqda. Shuningdek, zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan tayyorlangan buyumlarni litsenziyalash tartibi, 100 ming AQSh dollaridan kam miqdordagi import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish tartib-taomillari bekor qilinmoqda.

Yangi qaror bilan esa tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis bo‘lmasa ham xorijiy valyutaga eksport qilish huquqi berilmoqda. (Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari va ro‘yxati keltirilgan tovarlar bundan mustasno). Eksport operatsiyalari bo‘yicha debitorlik qarzni hisoblash muddati uzaytirilib, 120 kun etib belgilanmoqda.

Umuman olganda, mazkur me’yoriy hujjatlar tadbirkorlar uchun tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishdagi ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etadi, ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish, mamlakatimizga valyuta tushimlarini ko‘patirish va yurtimiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

K.ERNAZAROV,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1560
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жавлон Махмудов O‘zLiDeP Юқори Чирчиқ туман Кенгаши ижрочи котиби2018-08-29 15:43:53

Президентмизнинг бунёдкорлик соҳасида олиб бораётган сиёсати таҳсинаг лойиқ. Чунки қисқа муддат ичида улкан бунёдкорлик ишлари амалга оширилганлигини ҳар биримиз кўриб турибмиз.Ана шундай бунёдкорлик ишлар туманларда ҳам амалга оширилса, хусусан маҳалла ички кўчалари, болалар учун мини-стадионлар ва ҳ.к янаям яхши бўлар эди.


Фарғона вилоят Кенгаши Бизнес тузилмалар ва фермерлар билан ишлаш бўлими Рахмонов Халимжон Хокимович2018-08-13 14:01:09

Бугунги кунда республикамизнинг барча вилоятлари туман ва шаҳарларидан улкан бунедкорлик ишлари олиб брилаётган бир пайтда олиб борилаётган хар бир бино ва иншоатлар аҳолининг турмуш тарзини яхшилаш ҳамда тадбиркорлик сохасини ривожи учун хизмат қилмоқда. Давлатимиз раҳбари томонидан хар бир соҳа бугунги кунда хорижий тажрибаларга асосланган холда ва бу тажрибалар ўз натижаси ва самарасини беришлиги билан ахамиятлидир. Ишлаб чиқарилган махсулотларнинг рақобатдошликни ошириш бўйича берган алохида кўрсатмалари замирида инновацион ишланмаларни купрок жалб этиш бугунги кунда кечиктириб бўлмас масала эканлиги алохида такидланди. Яна бир бор такидлаш жойизки инаватцион ғояларни кўллаб қувватлаш тадбиркорлик йўналишининг асосий бўғинидир.


Даврон Темиров O‘zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-08-11 09:18:29

Тадбиркор юрт таянчи иқтисодиёт суянчи.Улар қанчалик фаол ва ташаббускор бўлишса, анниқ мақсад сари рақобатдан қўрқмай баланд чўққиларни эгаллаш учун интилишса,кўзланган мақсадларига эришадилар.Сабаби бунинг учун юртимизда барча имкониятлар яратилган. Фуқароларимизнинг бундай имкониятлардан тўлиқ фойдаланишларига ёрдам бериш нафақат O‘zLiDeP фаолларига, балки партия электорати бўлган тадбиркор ва ишбилармонлар зиммасига ҳам катта масъулият юклайди. Ҳамммамиз бу маъсулиятни доимо ҳис қилиб яшашимиз керак.


Fikringizni qoldiring

+