Matbuot anjumani: qonun tashabbuskorligi, xalq bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish – O`zLiDeP fraksiyasining ustuvor vazifasiga aylandi

31.10.2017, 15:42

Matbuot anjumani: qonun tashabbuskorligi, xalq bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish – O`zLiDeP fraksiyasining ustuvor vazifasiga aylandi

2017 yilning 31 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi tomonidan ommaviy axborot  vositlari vakillari uchun “Harakatlar strategiyasi doirasida ko‘zda tutilgan islohotlarning huquqiy bazasini takomillashtirishda O‘zLiDeP fraksiyasining ishtiroki” masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Deputatlar va mamlakatimizdagi qator OAV xodimlari ishtirok etgan anjumanda partiya va uning parlament quyi palatasidagi fraksiyasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mamlakatimiz taraqqiyotining keyingi besh yilini belgilab bergan tarixiy hujjat, Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

- Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tgan salkam bir yil mobaynida barcha sohalarda keng qamrovli yangicha islohotlar amalga oshirilmoqda, - dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Oybek Jumayev. - Xalqimiz turmush farovonligini yanada yaxshilash, ularni hayotidan rozi qilish, qolaversa, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini yanada yuksaltirishga qaratilgan ana shu keng ko‘lamli islohotlar ijrosini ta’minlashda barcha sohalar qatori siyosiy partiyalar va ularning parlament quyi palatasidagi fraksiyalari, shu jumladan, yetakchi siyosiy kuch sifatida O‘zLiDeP va uning fraksiyasi munosib ishtirok etmoqda.  Fraksiya tizimida ishni yangicha talablar asosida tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular izchillik bilan hayotga tatbiq etilayapti.

Xususan, qonunchilik tashabbuskorligi yo‘nalishida shuni alohida aytish kerakki, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 104 ta qonun loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lsa, ularning barchasida eng katta fraksiya sifatida O‘zLiDeP fraksiyasi  faol qatnashdi. Ushbu qonun loyihalarining 23 tasi bevosita deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan va ularning 16 tasi aynan O‘zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan ilgari surilganini alohida ta’kidlash joiz.

Yig‘ilishda fraksiya tomonidan strategiya doirasida ilgari surilayotgan muhim yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash borasida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlar ustidan fraksiya tizimli nazorat-tahlil faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi ham ta’kidlandi. 

- Mamlakatimiz rahbarining 12 iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida berilgan topshirig‘i asosida bu borada aniq vazifalar belgilab olingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda ularning hududiy boshqarma va bo‘limlari faoliyati ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda. 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan ushbu rejada barcha viloyatlar va shahar, tumanlar to‘liq qamrab olingan, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi ijrochi kotibi Otabek Ravshanov. - Bu borada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirgacha ushbu rejadagi bir qator ishlar amalga oshirildi. Masalan, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida, Yangiyer kichik sanoat zonasida O‘zLiDeP partiya guruhlari a’zolari tomonidan tegishli o‘rganishlar amalga oshirildi. Jumladan, Yangiyer kichik sanoat zonasidagi o‘rganishlar natijasida deputatlar tomonidan bir qator tijorat banklari tomonidan belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirmaganlik oqibatida ularning bajarilishi muddatlari kechikib ketayotganligi va boshqa bir qator tashkilotlar tomonidan o‘zlariga yuklangan majburiyatga sovuqqonlik bilan qaralayotganligi tufayli sanoat zonasidagi ishlar talab darajasida bormayotganligi aniqlandi. Bundan tashqari fraksiya a’zolari tomonidan kichik sanoat zonalari faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonunosti hujjatlarining mutlaqo bugungi talablar darajasiga javob bermasligi, ularga tezlikda tegishli o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish lozimligi to‘g‘risidagi xulosalar bu boradagi aniq takliflar bilan birga tegishli mutassadi tashkilotlarga kiritildi. 

Qolaversa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolarining xalq bilan muloqotini yanada tizimli va samarali yo‘lga qo‘yish, ularga mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirish, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlar mohiyatini ochib berish, shuningdek, Qonunchilik palatasida aynan fraksiya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan qonun loyihalarini muhokama qilish maqsadida joriy yilning 3 avgustidan boshlab partiyaning “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida har kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqotlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari bilan 40 dan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqotlar o‘tkazildi. Unda aholini o‘ylantirayotgan 1000 dan ortiq savollarga javob qaytarildi.

E’tiborga molik jihati oktabr oyidan boshlab ushbu amaliyot xududiy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhi a’zolari bilan ham yo‘lga qo‘yildi. Endilikda O‘zLiDePdan saylangan Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari xududiy kengashlaridagi deputatlar har kunlik rejimda saylovchilar bilan muloqotga chiqishmoqda. 

Shuningdek, fraksiya a’zolari partiya tomonidan ijtimoiy tarmoq orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatgan holda o‘tkazilayotgan tadbirlarda ham faol qatnashayotganini alohida ta’kidlash joiz. Masalan, 2017 yilning 6 sentabr kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan Prezidentimizning “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati “Facebook” orqali onlayn tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Tadbirni qariyb 4 mingga yaqin kishi, kuzatib bordi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri fraksiya a’zolariga savollar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mamlakatimiz Prezidentining tadbirkorlik bilan bog‘liq bir qator farmon va qarorlari bo‘yicha o‘tkazilgan shu turdagi tadbirlarni ham o‘rtacha 3,5-4 ming kishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali kuzatib, deputatlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 

Endi uzoq hududlarda istiqomat qilayotgan, internet-tarmog‘i orqali ko‘pam bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan aholi vakillari bilan bevosita aloqalar o‘rnatishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Fraksiya faoliyatida bunday yangi uslublarni keng joriy etilishi deputatlarimizning aholiga yanada yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.  

Bu borada maxsus ishchi guruhlari tuzilgan bo‘lib, mamlakatimizning eng chekka tumanlari, ovul va qishloqlarida istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuvlar amalga oshirilmoqda. Hozirgacha Qoraqalpog‘istonning eng chekka “Karakalpakiya” aholi punktidan tortib, Navoiy viloyatining Tomdi tumanigacha, barcha viloyatlarda jami 70 ga yaqin eng  olis aholi punktlarida fraksiya a’zolari va partiya vakillari tomonidan mutasaddi tashkilot va idoralar vakillarini jalb qilgan holda bevosita uchrashuvlar amalga oshirildi. Ko‘plab aholini o‘ylantirgan muammolar hal qilindi. 

Shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafotlatlarini ta’minlash sohasida esa joylarda sayyor qabullar tashkil etilib, shu davr mobaynida chekka-chekka hududlarda jami 43 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, unda 2 730 dan ortiq aholi qamrab olingan.

Umuman olganda matbuot anjumani davomida OAV vakillariga O‘zLiDeP fraksiyasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar hamda partiya dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib amalga oshirilgan ishlar, deputatlarimiz tomonidan ilgari surilayotgan qonunchilik tashabbuslari hamda boshqa masalalar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.

Yig‘ilish so‘nggida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1202
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

А.Бабажанова-УзЛиДеП Канликул туман Кенгаши аппарат рахбари2018-08-29 09:24:28

Путкил дуньяны тәшўишке салып атырған Арал машқаласы дунья жузлик алымлар, қоңсылас мәмлекетлер менен биргеликте алып барылыўы режелестирилген жойбарлар нәтийжесинде өз шешимин таўып, Арал теңизи әтирапында жасап атырған Қарақалпақ халқының турмыс шараяты буннан былай да жақсыланады деген умиттемиз.


Қ.Юлдошев O‘zLiDeP Косон туман кенгаши раиси2018-08-27 08:17:29

Президентимиз Ш.Мирзиёевнинг Туркманистонда Оролни қутқариш халқаро жамғармаси таъсисчи давлатлар раҳбарларининг йиғилишида Давлатимиз раҳбарининг нутқи ҳамда маърузада белгилаб берилган йўналишлар минтақамизда экологик вазиятнинг янада яхшилаш, дунё миқёсидаги долзарб бўлиб қолаётган Орол муаммоси яхшилашдан иборат.


O‘zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши ходими А.Аптаров2018-08-26 19:37:02

Орол фожияси бугунги кунда мантақамизнинг долзарб ва ечимини тезлик билан ҳал этилиши лозим бўлган жиддий масаладир. Мамлакатимиз раҳбарининг Оролни қутқариш халқаро жамғармаси таъсисчи давлатлар раҳбарларининг Туркманистонда ўтказилган мажлисидаги нутқида айтиб ўтилган масалалар амалга оширилса атроф муҳитни сақлашда ўзининг ижобий натижасини беради.


Aslonov Jo'rabek, Navoiy viloyati2018-08-26 18:05:21

Ekologiyaning yaxshiligi, sog'lom kelajak demakdir. Avlodlari sog'lom bo'lgan yurtninggina kelajagi porloq bo'lishi mumkin. Prezidentimizning amalga oshirayotgan ishlariga omadlar tilaymiz.


Маъмуржон Абдуллаев - O‘zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири2018-08-26 12:02:21

Дунё миқёсидаги долзарб бўлиб қолаётган Орол муаммоси бугунги кунда улкан глобал экологик хавфга айланмоқда. Президентимиз томонидан кўтарилаётган ушбу муаммо бутун Марказий Осиё давлатларининг муаммосидир.


Даврон Темиров O‘zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-08-26 12:00:48

Орол денгизининг қуриши муаммоси бизнинг минтақавий фожиамиздир. Унинг салбий оқибатлари, афсуски, тобора чуқурлашмоқда. Халқларимизнинг табиатга унинг бойликлар ини асраб-авайлаган ҳолда муносабатда бўлиш ва умумий сув ресурсларидан биргаликда фойдаланиш борасидаги кўп асрлик анъаналарига суянган ҳолда , анжуманда Президентимиз томонидан Орол бўйи ҳудудини Экологик инновация ва технологиялар зонаси, деб эълон қилиш ташаббуслари жуда долзаб ва келажакда улкан натижаларга эришиш йўлидир.


Даврон Темиров O‘zLiDePБўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-08-26 11:43:10

Орол денгизининг қуриши муаммоси бизнинг минтақавий фожиамиздир. Унинг салбий оқибатлари, афсуски, тобора чуқурлашмоқда. Халқларимизнинг табиатга унинг бойликлар ини асраб-авайлаган ҳолда муносабатда бўлиш ва умумий сув ресурсларидан биргаликда фойдаланиш борасидаги кўп асрлик анъаналарига суянган ҳолда , анжуманда Президентимиз томонидан Орол бўйи ҳудудини Экологик инновация ва технологиялар зонаси, деб эълон қилиш ташаббуслари жуда долзаб ва келажакда улкан натижаларга эришиш йўлидир.


Ғ.Пўлотов-Ғиждувон туман Кенгаши аппарати раҳбари2018-08-26 09:38:44

Президентимиз Ш.Мирзиёевнинг ўтган йили БМТнинг йиғилишида Оролни қутқариш бўйича билдирган фикрлари ҳамда бу борада қилинган ҳаракатлар ижобати сифатида Оролни қутқариш халқаро жамғармаси таъсисчи давлатлар раҳбарларининг Туркманистонда ўтказилган мажлисидаги Давлатимиз раҳбарининг нутқи ҳамда маърузада белгилаб берилган йўналишлар минтақамизда экологик вазиятнинг янада яхшиланишига туртки бўлди деб ҳисоблайман.


Fikringizni qoldiring

+