Harakatlar Strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi

26.08.2017, 18:26

Harakatlar Strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan “Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va sanoat tarmoqlarini faol diversifikatsiya qilish – mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

– Harakatlar Strategiyasida mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 40 mlrd. dollarga teng bo‘lgan 649 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda, - deydiOliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qutlimurod Babashev. – Shu bilan bir qatorda, 2017 yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish natijasida 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar o‘zlashtiriladi. Pirovard natijada, kelgusi besh yilda respublikada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,5 baravarga, uning YaIMdagi ulushi – 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlovchi tarmoqlarning sanoatdagi ulushi – 80 foizdan 85 foizga o‘sishi ta’minlanishi bilan birga, sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirishga erishiladi.

Ushbu tadbir Mustqilligimizning 26 yillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazildi. Unda yuritimizdagi Sanoat tarmog‘i korxonalari vakillari, tegishli vazirlik, idora va tashkilot vakillari bilan birgalikda Harakatlar Strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalarning bajarilish holati tahlil qilindi. Yuzaga kelayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar va xulosalar qilindi.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1243
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+