Surxondaryoda 2018 yilda 20 mingta ish o‘rni yaratiladi

25.12.2017, 15:44

Surxondaryoda 2018 yilda 20 mingta ish o‘rni yaratiladi

Termiz shahrida o‘tkazilgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlik guruhining yig‘ilishida 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” yo‘nalishi asosida qabul qilingan Qonun, Farmon va Qarorlarning ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5-apreldagi 182-sonli “2017-2018 yillarda Surxondaryo viloyatida sanoat, qishloq ho‘jaligi va xizmat ko‘rsatish loyihalarining ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Ubodullayevich Pardayevning axboroti tinglandi.

Yig‘ilishda xalq vakillari bo‘lgan deputatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini va aholi bandligi hamda turmush sifatini oshirish yo‘lida viloyatimiz hududlarida tashkil etilgan yangi kichik sanoat zonalarining samaradorligini oshirish yo‘lida olib borilgan ishlar, ularning ixtisoslashuvi, hududning resurs salohiyatini inobatga olgan holda, ishlab chiqarishning to‘liq siklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish ishlari, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlarning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borilayotgani, shuningdek,  kichik sanoat zonalari hududida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini kengaytirish yo‘lida qilinayotgan ishlar xaqida ma’lumot berib o‘tildi.

Xususan, axborotda viloyat hududlarida yil davomida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida 1 trln, 820 mld so‘m hamda 98,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1880 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 18163 ta bo‘sh ish o‘rinlari tashkil etilgani haqida aytilib, kirib kelayotgan 2018 yilda ushbu sohalar bo‘yicha umumiy qiymati 3 trln 991 mlrd so‘mga teng bo‘lgan jami 1945 ta loyihalar amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, 20 mingga yaqin  bo‘sh ish o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilganligi ta’kidlab o‘tildi.

O’zLiDeP deputatlik guruhi R.Pardayevning axboroti yuzasidan taklif-mulohazalarini bildirdirishdi.

Murod EShNAZAROV,

Surxondaryo viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2240
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

shahzod2019-10-22 20:56:29

men akademik litseyni tugatganman malumotim o'rta ish izlayapman


Jasur2019-05-19 17:26:06

Men Xorazim viloyat Davlat Universitetini tarix fakultetining huquq yonalishini tugatganman ish izlayapman


elmurod2019-03-14 12:05:55

men Xasanov Elmurod bux xisobini tugatganman. ish yo'q. +998915168626


Abdumannon2019-01-18 09:36:25

Men Ganiyev Abdumannon man ukam G'aniyev Boymurotni ishga kirgazishga qiynalib ketdim ukam xarbiy xizmatni utagan qayerga ish so'rab borsa rad javob beryapti iltimos yordam bering


Sherali2018-11-19 20:32:11

TATU universitetini tugatganman yo‘nalish telekom


исфандиёр2018-07-20 13:35:32

мен тошкент шашарда ишлиман йул узоглиги сабабли менга сурхондарё вилоятида иш беришингизни сурайман


исфандиёр2018-07-20 13:35:32

мен тошкент шашарда ишлиман йул узоглиги сабабли менга сурхондарё вилоятида иш беришингизни сурайман


Akmal2018-07-10 23:17:38

yoshlarga ish o'rni ko'p ajratila yahshi bo'ladi chunki chet davlatga chiqish kamayadi


Олтибоев Ўрол,Сурхондарё. партиянинг Мафкуравий,ташвиқот-тарғибот ишлари бўйича бўлим мудири2018-06-12 15:49:54

Вилоятда олиб борилаётган кенг кўламдаги ислоҳотлар ўзининг ижобий самарасини беради, деб ҳисоблайман.


Fikringizni qoldiring

+