Aniq maqsadli parlament va deputatlik nazorati hududlar rivojiga xizmat qiladi

02.10.2017, 15:53

Aniq maqsadli parlament va deputatlik nazorati hududlar rivojiga xizmat qiladi

2017 yilning 29 sentabr kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida har bir partiya o‘z dasturidagi vazifalardan kelib chiqib tegishli sohalarda faoliyat yuritayotgan vazirlik va qo‘mitalar faoliyati ustidan parlament hamda deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yishi lozimligi ta’kidlangan edi. Xususan, O‘zLiDeP Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan bu borada tizimli va doimiy ishlarni yo‘lga qo‘yishi alohida qayd etib o‘tilgan edi.

O‘tgan davr mobaynida O‘zLiDeP hamda tegishli vazirliklar vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan ushbu vazifani markazda va joylarda izchil va samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Joylarga chiqib, tegishli yo‘nalishlarda o‘rganishlar olib borildi. Ishni yangi talabalar asosida tashkil qilish borasida zarur amaliy tajriba to‘plandi. Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan ishlar nafaqat samarali parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatishda, balki o‘rganilayotgan masalalar yuzasidan mavjud holatni yanada takomillashtirish borasida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini aniqlab olish imkonini berdi.

Natijada O‘zLiDePning parlamentdagi fraksiyasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi deputatlik guruhlari tomonidan 2017 yilning oxirgi choragi hamda 2018 yilning birinchi yarim yilligi davomida ushbu vazirlik va idoralar ustidan parlament va deputatlik nazorati yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar rejasi shakllantirildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari dastavval Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi tomonidan rejalashtirilayotgan parlament eshituvlari mavzularini atroflicha muhokama qilishdi. Xususan, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan xududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yangi sifat darajasiga olib chiqish, Investitsiya bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususidagi masalalarni mamlakat parlamenti quyi palatasi muhokamasiga kiritish masalalari ko‘rib chiqildi. Moliya vazirligi tomonidan mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo‘naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlandi.

Majlisda hududlar kesimida partiya deputatlik guruhlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Aytib o‘tish kerakki, O‘zLiDePning muhokama etilayotgan dasturi loyihasi har bir viloyat, tuman va shahar kengashlarida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari aniq belgilab chiqilgani bilan e’tiborlidir. Bunda mavzular har bir hudud, shahar va tumanning xususiyatini inobatga olgan holda, ushbu hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar holatini o‘rganish nuqtai-nazaridan kelib chiqib belgilangani diqqatga sazovordir.

Xususan, hududlarning iqtisodiy rivojlanishida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining muhim ahamiyatidan kelib chiqib, tegishli xalq deputatlari viloyat kengashlarida EIZlar faoliyatini tashkillashtirish borasida mamlakatmiz rahbarining tegishli farmon va qarorlari ijrosining borishi, 57 tuman kengashlarida kichik sanoat zonalari, 9 tumanda esa farmsanoat hududlarini tashkil etish borasidagi ishlarning holatini o‘rganish masalalari dastur loyihasidan o‘rin oldi.

Partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyat kengashidagi partiya guruhi tomonidan Yangiyer kichik sanoat zonasida amalga oshirilgan o‘rganishlar bu masalalarning naqadar dolzarbligini yana bir bor tasdiqlamoqda. Shu tufayli ham ushbu yo‘nalishdagi nazorat masalalariga dastur loyihasida alohida ahamiyat qaratildi.

Bundan tashqari, 58 ta tuman va shahar kengashlar sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining bajarilishi holatini o‘rganish masalalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirildi.

Ma’lumki, bir qator viloyatlar, tuman va shaharlarni kompleks rivjlantirish bo‘yicha alohida dasturlar qabul qilingan bo‘lib, ularning so‘zsiz bajarilishi tegishli hududlar taraqqiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. Shularni inobatga olgan holda mazkur dasturlarning ijrosi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari tomonidan nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Dasturdan shuningdek hududlarga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish masalalari ham o‘rin olgan.

Dasturda alohida e’tibor qaratilgan yo‘nalishlardan yana biri Moliya vazirligi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan mahalliy budjetlarning kafolatlangan daromad bazasini kengaytirish, ayrim viloyat va tumanlarni subvensiyadan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan choralarni o‘rganish bilan bog‘liq.

Majlis ishtirokchilari tomonidan ushbu masalalarning barchasi aroflicha muhokama qilindi, belgilangan vazifalarni bajarishga barcha imkoniyatlarni safarbar etish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. 

Majlis ishtirokchilari tomonidan parlament va deputatlik nazoratining bu shaklda, ya’ni Prezidentimiz bergan ko‘rsatmalari asosida yo‘lga qo‘yilishi, partiya va deputatlik korpusi faoliyatini aniq maqsadlarga yo‘naltirishi, natijadorlikka erishish, aniq amaliy natijalarga yo‘naltirgan holda markazda va joylarda amalga oshirilayotgan islohotlarda real o‘rnini topishda xizmat qilishi alohida ta’kidandi.

Muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1324
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Фахриддин Абдусатторов - O‘zLiDeP Сирдарё вилоят Кенгаши Аппарат раҳбари 2018-09-15 14:37:23

Дарҳақиқат, санъат ҳаётимизнинг ажралмас қисмидир. Ўзига хос йўналишга эга бўлган миллий мусиқа санъати - мақомимизни бутун дунёга тараннум этиш ва унинг бой маънавий синоатидан барча халқларни бахраманд этишдек хайрли ишлар доимо таҳсинга лойиқдир.


Даврон Темиров O‘zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-09-09 09:26:41

Мақом санъатини кўз қорачиғидек асраб-авайлаш, ундан дунё аҳлини баҳраманд қилиш, келгуси наслларга безавол етказиш мақсадида юртимизнинг гўзал ошёни бўлган Шахрисабзда ўтказилилиши ва унда кўплаб мамлакат вакилларининг иштирок этиши бу тадбир ана шундай буюк маданий мерос ривожига ўзбек халқининг ҳам муносиб ҳисса қўшганига турли қитъа ва мамлакатлар вакилларини яна бир бор эътрофидир .


Fikringizni qoldiring

+