O‘zLiDeP fraksiyasi Hisob palatasining hisobotini ma’qulladi

15.05.2018, 17:20

O‘zLiDeP fraksiyasi Hisob palatasining hisobotini ma’qulladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2017 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Olimxon Rustamovning axboroti tinglandi.

Qayd etildiki, Hisob palatasining hisobot davridagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 4 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini tashkil qilishni takomillash-tirish to‘g‘risida», 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchan-ligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» hamda 2017 yil 10 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillash-tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qator Farmonlaridan kelib chiqqan holda tashkil qilindi.

Taqdim etilgan axborotda ta’kidlandiki, Hisob palatasining o‘tgan yilgi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq Davlat budjetining samarali ijro etilishiga, moliyaviy mablag‘lardan maqsadli foydalanilishiga, iqtisodiyot barcha sohasining barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan davlat dasturlari va mintaqaviy rivojlanish dasturlarining ijrosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, 2016 yilga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosati asosiy yo‘nalishlari hamda Davlat budjeti loyihasining ekspertizasi o‘tkazildi. «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning ijrosini ta’minlash maqsadida siyosiy partiyalar daromadlarini shakllantirishning to‘liqligi va ulardan maqsadli foydalanilishi tekshirildi.

Budjet hisobidan moliyalashtiriladigan muassasalar misolida respublika va mahalliy darajalarda Davlat budjetining ijrosi, davlat mablag‘larining qonuniy, maqsadli hamda samarali sarflanishi tekshirildi. Davlat budjeti daromad qismining hududlar va tarmoqlar bo‘yicha shakllanishi to‘g‘riligi, budjetning moddama-modda va to‘la-to‘kis ijro etilishi tahlili o‘tkazildi, budjet daromadlarining asosiy moddalari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari haqiqatga to‘g‘ri ekanligiga baho berildi. Bundan tashqari, mahalliy budjetlarning daromad bazasini ko‘paytirish, xarajatlarni maqbullashtirish va dotatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijalari hududlarga chiqib o‘rganildi.

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolarining ta’kidlashicha, Hisob palatasi tomonidan hisobot davrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari shuni ko‘rsatdiki, 1773 holatda 33,5 mlrd. so‘m va 6,9 mln. doll. noqonuniy va samarasiz xarajatlar hamda 38 ta holatda 268,3 mlrd. so‘mlik budjet tizimi budjetlariga qo‘shimcha daromad summasi, 75 holatda normativ-huquqiy hujjatlarni hamda mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va e’tirozlar, 3433 holatda amaliy yordam va ko‘rsatmalar berildi.

Bu jarayonlarda amaldagi qonunlar va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha kiritilgan takliflar diqqatga sazovor bo‘lib, bunda kiritilgan ma’lumotnoma va tahliliy materiallar natijasida 10 ta normativ-huquqiy hujjat va bayonnomalar qabul qilingan.

Fraksiya a’zolarining fikriga ko‘ra, parlament nazoratini kuchaytirish, ushbu sohadagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, joylarda huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirish masalalarida parlament va Hisob palatasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2016 yilgi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tashqi audit va baholashdan o‘tkazilib, Davlat budjeti daromadlari prognoz loyihasini qayta ko‘rib chiqish natijasida budjet daromadlari prognozi 1,4 trln. so‘mga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi, – deydi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Qahramon ERGAShYeV. – Masalan, dastlabki loyihada yuridik shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha tushumlar prognozi tuzilishida soliq solinadigan baza YaIMning o‘sish darajasiga nomuvofiq hisob-kitob qilinganligi hamda eksportchi korxonalar uchun foyda solig‘i stavkasini pasaytirish tartibi bekor qilinishi hisobiga tushishi kutilayotgan mablag‘lar hisobga olinmaganligi qayd etilib, natijada ushbu soliq turi bo‘yicha tushumlar prognozi dastlabki loyihaga nisbatan 254 mlrd. so‘mga oshdi.

Hisob palatasi tomonidan mahalliy budjetlarga qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash maqsadida respublika hududlarida o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida qariyb 120,0 mlrd. so‘mdan ortiq qo‘shimcha daromad manbalari aniqlanib, bu borada hududiy moliya va soliq idoralariga mahalliy budjetlarga qo‘shimcha zahiralarni aniqlash bo‘yicha 50 dan ortiq yo‘nalishlarda tahliliy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida yer hisobi va yerdan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risida, mol-mulk va ularning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritishda foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar va shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi tahlil qilindi. Unga ko‘ra, mol-mulk ob’ektlari va yerdan foydalanuvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar elektron shaklda ma’lumotlar bazasiga to‘liq kiritib borilmasligi va rekvizitlarni kiritishda noaniqliklar ko‘pligi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan elektron ma’lumot almashinuvi tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmaganligi, yerdan noqonuniy foydalanish yoki nobudgarchilik o‘rnini qoplash bo‘yicha har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida ma’lumotlar to‘liq yuritilmaganligi oqibatida davlat budjetiga yillik hisobda 146,0 mlrd. so‘m tushum yo‘qotilayotganligi aniqlangan va Hisob palatasi tomonidan shu kungacha ushbu kamchiliklarni bartaraf etilganlari bo‘yicha davlat budjetiga 31,3 mlrd. so‘m qo‘shimcha manbalar jalb etilishi ta’minlangan.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1314
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

У.Тулепов O`zLiDeP Нукус туман Кенгаши 2018-05-16 12:20:42

Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги O‘zLiDeP фракцияси томонидан ташкил этиладиган бундай йиғилишлар мамалакатимизда фаолият юритаётган барча корхона ва ташкилот раҳбарларида ўз ишига бўлган масъулят ҳиссини янада оширади.


А.Тожибоев. Шовот туман Кенгаши раиси2018-05-16 11:35:07

Парламентимиз ҳақиқий демократия мактаби кўринишини олаётгани жойлардаги ислохотларнинг давомийлиги ва изчиллигида намоён бўлмоқда.


Томди тумани Оби-хаёт бўлими БПТ раиси Т.Бактибаев2018-05-16 11:13:03

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик Палатасида Хисоб Палатасининг хисоботи эшитилиб турилиши бюджет маблағларининг мақсадли сарфланишида назорат кучайтирилади.


Нормаматов Маҳмуд Азизович Халқ депутатлари Зарафшон шаҳар Кенгаши депутати2018-05-16 10:56:39

O`zLiDeP депутатлари томонидан амалга оширалаётган ишлар халқимиз турмуш даражасини ошириш ва мамлакатимиз ривожига ҳисса қўшишдан иборатдир.Ҳар бир корхона ва ташкилотлар фаолияти юзасидан депутатларимиз томонидан олиб бораётган назорат-таҳлил ва эшитувлар мавжуд муаммо ва таклифларни аниқлаб, тегишли қарорлар қабул қилиниши билан аҳамиятлидир.


Б.Юсупов Тахиатош туман Кенгаши депутати2018-05-16 10:38:01

Бу ўз навбатида партиядан сайланган депутатларимизнинг тегишли молия бошқармалари ҳамда бўлимлари устидан депутатлик назоратини самарали олиб боришларига ўз ҳиссасини қўшади албатта


Кудайбергенов Гайратдин Халқ депутатлари Кораузак туман Кенгаши депутати2018-05-16 10:30:10

Мамлакатимизда амалга оширилаётган кенг қамровли ислохотлар жараёни аввало халқимиз фаровонлигини таъминлашга хизмат қилаётганлиги, Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерали- демократик партияси ва Ўзбекистон Республикаси Ҳисоб палатаси билан ўзаро ҳамкорлик қилиш мақсадида меморандум тузишга келишиб олингани бизни кувонтирди.


Мухримов Абдунаби Чилонзор аппарат рахбари 2018-05-16 09:53:05

Туманлардаги муаммоларини хал этиш, уларнинг юзага келиши сабабларини аниқлаш бўйича кўрилаётган чора-тадбирлар тўғрисидаги хисоботларини O‘zLiDeP депутатлик гурухлари мунтазам равишда эшитиб боришса жойларда бюджет интизоми кучаяди ажратилган маблағлар тўғри ишлатилади.


Т.Бекниязов-Канликул тумани2018-05-16 09:41:35

Кучли парламент – мамлакат демократик ривожланишининг кафолати ҳисобланади. Партиямиз билан ҳисоб палатаси ўртасида ҳамкорлик ўрнатиш бўйича келишилган ҳамкорлик, парламент назоратини янада кучайтиради.


Шариф Мамарахимов, Жиззах вилояти2018-05-16 09:21:13

Мамлакатимизда демократик жараёнлар ўзининг юқори чўққиларига чиқмоқда. Парламентнинг ваколатлари кенгаймоқда. Тегишли мутасадди идоралар раҳбарларининг ҳисоботларини эшитиш жойлардаги ислоҳотларнинг самарасини кучайтиради.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-16 09:02:45

Тегишли вазирликлар, идоралар ва маҳаллий ҳокимликлар раҳбарларининг соҳадаги муаммоларни ҳал этиш, уларнинг юзага келиши сабабларини аниқлаш бўйича кўрилаётган чора-тадбирлар тўғрисидаги ҳисоботларини мунтазам равишда эшитиб боришни йўлга қўйиш орқали парламент назорати кучайтирилса мақсадга мувофиқ бўлади


Fikringizni qoldiring

+