O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi

18.05.2018, 20:29

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi

Mexroj Fayzilov, O‘zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi raisi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan bo‘lib o‘tgan rasmiy tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning yangi tarixiy bosqichini boshlab berdi. Ikki tomonlama savdo aloqalarini kengaytirish, oliy ta’lim va akademik tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarida hamkorlik, O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonidagi hamkorlik borasida o‘zaro anglashuv, 2018 yilda Toshkentda Markaziy Osiyo savdo forumini o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuvlar ushbu tashrifning amaliy natijasi bo‘ldi.

Tashrif davomida mamlakatlarimizda savdo o‘sishi va ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiluvchi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatini izlash yo‘lida bildirilgan qat’iyatlilik unga alohida ahamiyat kasb etmoqda. Partiyamiz qishloq xo‘jaligi, energetika, kimyo, moliya, turizm, to‘qimachilik sanoati, sog‘liqni saqlash va raqamli texnologiyalar sohalarida yanada yaqin hamkorlik yo‘lga quyilishi tarafdori.

Biz, O‘zLiDeP faollari, O‘zbekiston rahbarining AQShga tashrifi natijalari so‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston-Amerika munosabatlari jadal sur’atlar bilan rivojlanganining mantiqiy yakuni, deb hisoblaymiz.  Hamkorlik yo‘nalishlarining biri sifatida parlamentlar va siyosiy partiyalar darajasida o‘zaro tashriflarni yanada faollashtirish zarurligini, bu esa siyosiy hamkorlikni kuchaytirishga ko‘maklashishini ta’kidlaymiz. Umuman olganda, ishonchimiz komilki, bo‘lib o‘tgan tashrif O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida strategik hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Ravshan Fozilov, O‘zLiDeP Mirobod tumani Kengashi raisi. Janubiy Koreyaning “SJ ICM” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari:

Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp O‘zbekiston-Amerika hamkorligini rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama etdi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdi, muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining «O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» deb nomlangan Qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Mazkur hujjat nomining o‘zi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikda salmoqli o‘zgarishlar, turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga intilish, istiqbolli loyihalarga alohida e’tibordan dalolat beradi.

Afg‘onistonga qo‘shni sifatida uning tinch rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan holda O‘zbekiston hamkorlikni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari muhim ahamiyatga ega ekanligi, Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash, mintaqaviy xavfsizlik muammolarini hal etish tarafdoridir. 

Alohida qayd etish lozimki, mamlakatlar rahbarlari ekstremizm va xalqaro terrorizmni qoraladi, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikni hamda mudofaa sohasida aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga sodiq ekanliklarini bildirdi.

Biz, mamlakat fuqarolari uchun bog‘dorchilikni rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish, isitish tarmoqlarini modernizatsiyalash, moliyaviy konsultativ xizmatlar ko‘rsatish sohalari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bitimlar imzolanishi bizda katta qiziqish uyg‘otadi. Ko‘rinib turganidek, o‘zaro hamkorlik amaliy aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq takliflarni amalga oshirish sari ilgarilamoqda.

Jumladan, tashrif davomida O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari o‘rtasida 20 dan ziyod eng yirik shartnomalar imzolandi, ularni to‘liq amalga oshirish natijasida 4,8 mlrd.dollardan ortiq mablag‘larni tashkil etadi, shuningdek, istiqbolda amerika kompaniyalari bilan ko‘p milliardlik shartnomalar uchun imkoniyatlarni ochib beradi. Bularning barchasi shundan dalolat beradiki, erishilgan natijalar xalqimizning uzoq muddatli manfaatlariga xizmat qiladi. Bo‘lib o‘tgan tashrif mohiyatiga ko‘ra – bu ikki tomonlama munosabatlarda tarixiy voqea bo‘lib, mamlakatlarimiz hamkorligini sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqadi.  

  • Ko'rildi
    1778
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошлок тумани "Тургун ота" Ф/Х. БПТ2018-05-22 17:30:25

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Америка Қўшма Штатларига ташрифи мамлакатларимизда иқтисодиётни ўсиши, янги технологияларни жорий этилиш, иш ўринлари яратилиши ва бошқа муҳим вазифаларни белгилайди.


Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-05-22 11:34:44

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Америка Қўшма Штатлари Президенти Дональд Трамп таклифига биноан бўлиб ўтган расмий ташрифи мамлакатларимиз ўртасидаги муносабатларнинг янги тарихий босқичини бошлаб бериши Икки давлат ўртасида тузилган иқтисодий шартномалар иқтисодиётининг ривожланишига ўз хиссасини қўшади.


Yazdon Toshonov Kattaqurg'on tuman Kengashi apparat rahbari.2018-05-22 08:53:51

Bu yuqori darajadagi uchrashuv - Buyuk tarixiy voqea bulib qoldi.


Сурхондарё вилояти Музработ туман Кенгаши аппарат-раҳбари Ш.Абилов2018-05-21 17:05:51

Мамлакатлар раҳбарлари экстремизм ва халқаро терроризмни қоралади, минтақавий хавфсизликни таъминлашда икки томонлама ўзаро ҳамкорликни ҳамда мудофаа соҳасида алоқаларни мустаҳкамлаш бўйича келишувларни амалга оширишга содиқ эканликларини билдирдилар.


Алишер Ходиев - ЎзЛиДеП Қоракўл туман кенгаши "Ёш либераллар" гуруҳи аъзоси2018-05-21 15:14:24

Ўзбекистон ва АҚШ ўртасида стратегик ҳамкорлик муносабатларини янада ривожлантиришга хизмат қилади. Мамлакат фуқаролари учун боғдорчиликни ривожлантириш, шошилинч тиббий ёрдам тизимини такомиллаштириш, саноат корхоналари энергия самарадорлигини ошириш, иситиш тармоқларини модернизациялаш, молиявий консультатив хизматлар кўрсатиш соҳалари ва бошқа йўналишлар бўйича битимлар имзоланиши жуда қувонарли. Муҳтарам Президентимизнинг халқимиз ва уларнинг манфаатлари учун яратаётган кенг имкониятларидан унумли фойдаланиб биз ёшлар мамлакатимиз равнақига ўзимизнинг муносиб ҳиссамизни қўшамиз.


O'zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши Дилшод Турсунбоев 2018-05-21 10:50:44

Юртимиз байроғи юксакларга кўтарилаверсин.


Жиззах вилоят Кенгаши Алишер Фозилов.2018-05-21 10:49:36

АҚШда Ўзбекистоннинг байроғи баланд кўтарилди.


Олтинсой туман Кенгаши аппарат рахбари Тиркашов Абдурасул Холиқович2018-05-21 10:19:02

Президентимизнинг окилона сиёсати туфайли мамлакатимиз жахон сахнида ўз ўрнини топмоқда


Сергели тумани фаоли Дадабоев Ҳасанжон Маматкаримович2018-05-21 09:41:16

Президентимизнинг АҚШга ташрифи мамлакатларимизда савдо саноатни ўсиши ва иш ўринлари яратилишига хизмат қилувчи иқтисодий ҳамкорликни чуқурлаштириш имкониятини беради. Минтақавий хавфсизликни таъминлашда икки томонлама ўзаро ҳамкорликни ҳамда мудофаа соҳасида алоқаларни мустаҳкамлаш бўйича ўзаро ҳамкорлик юртимиз тинчлиги учун хизмат қилади десак адашмаган бўламиз.


N.Ruziyeva Navoiy viloyati Uchquduq tumani2018-05-20 11:24:42

O'zbekiston va AQSh o'rtasida imzolanayotgan 20 dan ortiq shartnomalar Vatanimiz taraqqiyotiga munosib turtki bo'lishiga ishonchim komil.


Fikringizni qoldiring

+