O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh

O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh

Tomorqadan unumli foydalangan odam farovon turmush kechiradi. Buni tomorqasini gullatib qo‘ygan xonadon sohiblari hayoti misolida ham ko‘rish mumkin. Ular yaxshigina  daromad topib, oilasi farovonligi ta’minlayapti, bozorlarimizning to‘kin-sochinligiga hissa qo‘shyapti.

Shu bois partiyamiz “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha  doirasida minglab yoshlar va xotin-qizlarga o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashilmoqda.

Birgina misol: loyiha doirasida O‘zLiDeP Kasbi tuman faollari tomonidan aholi o‘rtasida tomorqadan unumli foydalanishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari natijasida 150 ga yaqin oila o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi. Mug‘lon qishlog‘ida yashovchi Abdurahmon Xudoyberdiyev ana shunday tadbirkorlardan biri. U o‘z xonadonida issiqxona tashkil etib, limon, sabzavot, gul yetishtirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. E’tiborlisi, tadbirkor o‘z tomorqasidan har yili 20 million so‘mdan ortiq daromad olyapti.

– Agar barchamiz tomorqaning har bir qarich yerdan samarali foydalansak, ro‘zg‘or uchun poliz va sabzavot mahsulotlarini sotib olishga hojat qolmaydi, –  deydi A.Xudoyberdiyev. – Tomorqadan unumli foydalanishning yana bir foydali jihati, oilangizning har bir a’zosi foydali mehnat bilan band bo‘ladi.  

Ha, bugun kasbiliklarning bu boradagi tajribasiga havasingiz keladi. Demak, partiya faollari tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish borasida joylarda olib borilayotgan amaliy ishlar o‘z natijasini berayotir.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1074
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+