Tanlov tashabbusga chorlaydi

30.08.2017, 19:13

Tanlov tashabbusga chorlaydi

Namangan shahrida O‘zLiDePning 124 ta boshlang‘ich tashkiloti bo‘lib, ular faoliyatini yanada kuchaytirish, targ‘biot ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan bir qator ishlar qilinmoqda. Xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni ishbilarmonlikka, oilaviy biznesga jalb etish va shu maqsad yo‘lida ularga amaliy yordam berish choralari ko‘rilmoqda.

-Ma’lumki, partiya siyosiy Kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi e’lon qilingan,-deydi O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi apparat rahbari Sohibaxon G‘affarova. – Buni uyushqoqlik bilan o‘tkazishga harakat qilyapmiz. Barcha quyi bo‘g‘inlarning yetakchilariga loyihaning shartlarini yetkazganmiz. Shu mavzuda seminar ham tashkil etganmiz. Boshlang‘ich  tashkilotlar o‘z hududlaridagi  5 tadan oilani otaliqqa oldilar. Har bir oilaga mavjud tomorqasi asosida tadibirkorlikni nimadan boshlash, biznes rejani tuzish, kredit olish kabi tashkiliy-huquqiy masalalarda bizga partiyamizdan saylangan deputatlar yaqindan yordam berishmoqda.

Darhahaqiqat, amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining dastlabki samaralarini bermoqda. Jumladan, Namangan shaxar “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘ini, Yangibog‘ ko‘chasida yashovchi Nuriddin Qahharovga “Pahtalikko‘l” sihatgohidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti  raisi M.Inamova yaqindan yordam berdi.  U bo‘sh yotgan 6 sotix yerda bog‘ tashkil etish rejasini tuzdi.  Boshlang‘ich partiya tashkiloti hamda shahar Kengashi deputati Baxtiyor Vohidovning  ko‘magi bilan ushbu rejani amalga oshirish uchun “Turonbank” ATB bo‘limidan 10 mln.so‘m  miqdorida imtiyozli kredit olib berildi. Ayni kunlarda tadbirkor bog‘ni yaratish bo‘yicha amaliy ishlarni olib bormoqda.

“Nurobod” mahalla fuqarolar yig‘ini qoshidagi boshlang‘ich partiya  tashkiloti ham loyihada faol ishtirok etishga harakat qilmoqda.Shu mahallada yashovchi  Ziyoda Jabbarovaga qandolatchilik sexi ochishda ko‘mak berildi. Quvonarlisi, boshlang‘ich partiya tashkilotining sa’i harakati va tashabbusi bilan tadbirkorga “Mikrokreditbank” ATB filialidan 20 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit  olib berildi.  Qisqa muddatda ishga tushirilgan ushbu sexga 6 nafar uyushmagan yosh ishga joylashtirildi.

Namangan shahrida bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Tadbirkorlikni boshlagan xonadon egalari esa O‘zLiDeP  shaxar Kengashi  boshlang‘ich tashkilotlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishmoqda.

Komiljon FAYZIYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot xizmati rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 
Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+