Namanganda O‘zLiDeP ijtimoiy tarmoqlari orqali kelgan 40 murojaat ijobiy hal etilgan

23.07.2018, 17:29

Namanganda O‘zLiDeP ijtimoiy tarmoqlari orqali kelgan 40 murojaat ijobiy hal etilgan

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi ijtimoiy tarmoqlarda tuzilgan “Tadbirkorlar muammolarini o‘rganish”, “Tadbirkor ayollarning muammolarini o‘rganish”, “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” hamda “Kelajak deputatlari” guruhlari faoliyatini tanqidiy-tahlil etish va ular samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.    

Tadbirda joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida mazkur guruhlarga kelib tushgan 40 dan ortiq murojaatlar ijobiy hal etilgani, lekin Mingbuloq, Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on va Chust tumanlarida bu ko‘rsatkich talab darajasida emasligi qattiq tanqid qilindi.

– Ijtimoiy tarmoqlarda tuzilgan ushbu guruhlar asosan tadbirkor, fermer va xususiy mulk egalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish maqsadida tashkil etilgan, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Ibrohim Sattarov. – Shu sababli mazkur guruhlar aholi, ayniqsa, tadbirkor va ishbilarmonlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni atroflicha o‘rganishi va ularni partiyaviy vositalari orqali o‘z vaqtida bartaraf etishi lozim.  

Yig‘ilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun xujjatlari va bu jarayonlarda O‘zLiDePning ishtiroki to‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni berib borish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    955
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ирода 2018-07-24 09:44:39

Гуруҳлар ишини фаоллаштириш учун нима қилиш керак???


Fikringizni qoldiring

+