Yutuqlardan maqtanmaymiz, muammolarni hal etamiz

Yutuqlardan maqtanmaymiz, muammolarni hal etamiz

Biror kishini yo‘qlash, holidan xabar olish — bu avvalo insonga bo‘lgan e’tibor, hurmat. Davlat idoralari vakillari, rahbarlari odamlar bilan uchrashsa, muloqot qilsa — bu fuqaro huquqi, erkinligi, sha’nini himoya qilish, muammolarini hal etish degani. Zero, muloqotlardan maqsad ham oylab,  hatto yillab o‘z yechimini topolmay yotgan muammolarga qisqa fursatda yechim topishdan iborat.

Shu ma’noda, bugun Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – o‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hududiy tashkilotlari tashabbusi bilan eng chekka hududlarda, olis qishloqlar aholisi bilan uchrashuvlar, sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi O‘zLiDeP Taxtako‘pir ovul fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.

Bir qarashda barchasi risoladagidek ko‘rinsa-da, bu hududda ham o‘ziga yarasha muammo va kamchiliklar yo‘q emas. Bu hol sayyor uchrashuvlarda yaqqol namoyon bo‘ldi-qoldi. To‘g‘risiyam shu-da: bunday muloqotlarda  tashvish-u muammolar muhokama qilinadi, yutuqlardan og‘iz ko‘pirtirib maqtanilmaydi.

 Taxtako‘pir OFYda yashovchi “Kemal taxta” MChJ rahbari M.Tolegenov korxona faoliyatini kengaytirish uchun tijorat banklariga 100 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit so‘rab murojaat qilganiga ancha bo‘ldi. Biroq hozirga qadar uning murojaati ijobiy hal etilgani yo‘q. Uning murojaatiga javoban tuman hokimi o‘rinbosari yaqin kunlar ichida yangilik bo‘lishini aytdi.

Shuningdek, hududdagi 9-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Z.Umarova maktab bilan maktabgacha ta’lim muassasasining gaz ta’minoti uskunasini (GRP) ni alohida qilish bo‘yicha murojaat qilgan bo‘lsa, 7-sonli maktab direktori G.Allambayeva maktabning kompyuterlari eskirganligini hozirgi holatda ta’mirtalab darajasida ekanligi va yangisi bilan ta’minlashga yordam so‘radi. 

– Bugungi ochiq muloqot tumandagi mavjud muammolarni yana bir bor tahlil qilish va aholini qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf etish imkonini berdi, – deydi O‘zLiDeP Taxtako‘pir tumani Kengashi apparat rahbari A.Ospanov. – E’tiborlisi, muloqot davomida hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmadi. Uchrashuvlarda asosan kredit olish, qishloqlardagi kommunal va uy-joy masalalari, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish, bandlik masalalari yuzasidan aholining murojaatlari o‘rganildi va har bir masala yuzasidan mahalliy Kengashdagi partiya guruhi a’zolar biriktirildi. Ko‘tarilgan masalalarning natijasi aholiga o‘z vaqtidama’lum qilinishi bildirildi.

Furqat Yusupov,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi Matbuot xizmati rahbari.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 
Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1049
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O`zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгаши матбуот котиби Тўлқин Турдиев2019-07-01 10:21:00

Аввало, барча ҳамкасбларимизни-матбуот котибларини Юртбошимизнинг эътирофи билан самимий қутлайман! Раҳбаримиз Элмурод Панжиев Президентимизнинг “Оммавий ахборот воситалари мустақиллигини таъминлаш ҳамда давлат органлари ва ташкилотлари ахборот хизматлари фаолиятини ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори максимал даражада имкониятлар яратиши билан бирга катта масъулият юклашини таъкидламоқда. Шу боис давлат органлари ва ташкилотлари ахборот хизматлари ходимлари ёлғонни рост, ростни ёлғон, деб кўрсатишга уринаётган, турли сохта маълумотларни тарқатиш билан шуғулланувчи "айрим қаламкашлардан" бир поғона устун бўлиши, бунинг учун ўз устида тиним билмай изланиши, айниқса, хорижий тиллар ва АКТ борасида етук малакага эга бўлиши лозимлигини уқтирмоқда.


Fikringizni qoldiring

+