O‘zLiDeP sayyor qabulida yo‘llarda mashinalarning noo‘rin signal chalishini ta’qiqlash bo‘yicha qonunchilik palatasiga taklif berildi

30.07.2018, 18:31

O‘zLiDeP sayyor qabulida yo‘llarda mashinalarning noo‘rin signal chalishini ta’qiqlash bo‘yicha qonunchilik palatasiga taklif berildi

O‘zLiDeP Samarqand shahar Kengashi “O‘zbekiston” MFYda joylashgan 20-umumta’lim maktabida sayyor qabul tashkil etdi. Qabul davomida hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan 30ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

Masalan, mahalla ahli nomidan so‘z olgan Samariddin Aliqulov ichki yo‘llarni ta’mirlash va hududni obodonlashtirishda mutasaddilardan ko‘mak so‘radi.

–Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lganman. To‘g‘risi, boshqa hududlarda “O‘zbekiston” nomi bilan ataladigan ko‘chalarni ko‘rsangiz ko‘zingiz quvnaydi. Ammo bizning ko‘chada yursangiz ta’bingiz xira bo‘ladi, – deydi S.Aliqulov. – Shu bois, mazkur masalada hududimizda tashkil etilgan sayyor qabulda tashkilotchilardan amaliy yordam so‘rab murojaat qildik. Murojaatimizni o‘zimiz saylagan deputatimiz Fazliddin G‘aybullayev o‘z zimmasiga olib, yaqin kunlarda hal etib berishga va’da berdi.

Shu mahallada yashovchi Qahramon Boboqulov esa yo‘llarda mashinalarning noo‘rin signal chalishini ta’qiqlash bo‘yicha Oliy Majlis qonunchilik palatasiga taklif kiritishda ko‘mak so‘radi.

–Shahrimizdagi ayrim avtobus va avtomobillar qonunchiligimizga to‘g‘ri kelmaydigan signallarni o‘rnatib olgan. Buning natijasida ko‘chada shovqindan yurib bo‘lmaydi. Ularni kim nazorat qiladi, biz kimga murojaat qilishimiz kerak, – dedi mahalla faxriysi.

 Uning murojaatini ham xalq noibi, O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari F.G‘aybullayev nazoratga olib, viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborish orqali muammoni hal etib berishini ma’lum qildi.

Shuningdek, qabul davomida fuqarolar tomonidan avtobuslar sonini ko‘paytirish, kommunal va obodonlashtirish sohalariga oid qator murojaatlar ham o‘rtaga tashlandi.  

Baxtigul QARShIYEVA,

 O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1086
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-08-03 10:24:40

Ayrim xususiy avtomobil egalari maxsus sirena signallarini ham ornatib olgan.Ularni taqiqlov me'yoriy hujjat ishlab chiqilishi kerak.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-31 17:33:27

Ўтказилаётган сайёр қабуллар натижасида жойлардаги муаммоли масалалар ўз ечимини топмоқда.


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-07-31 10:31:51

Сайёр қабуллардан кўзланган мақсадларга эришилганидан халқнинг қувончи чексиз.


Нуриддинова С. Шовот туман Кенгаши фаоли2018-07-31 10:11:34

Хурматли депутатимиз Холмурод Сориевнинг фикрларига қўшиламиз. Шартнома Тўловлари нега бу даражада кўтарилиб кетди, Хозирги кунда иқтидорли кадрларга бўлган талаб юқори, аммо олис қишлоқлардан узоқ жойларга бориб шартнома асосида ўқиганидан кейин иш топа олмай юрган битирувчиларимиз қанча, масаланинг манабу тамонини ҳам ўйлаб кўриш керак эмасмикин.


Жиззах вилояти Ш.Рашидов туман Кенгаши раиси Д.Юлдашева2018-07-31 09:22:45

Ушбу юзасидан қонун қабул қилиниши мақсадга мувофиқ деб биламан.


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-07-30 21:48:40

Бу масалалар ҳам долзарб масалалар. Лекин, ҳурматли партиядошлар, ҳозирги кунда жуда долзарб бўлган олий ўқув юртларига ўқиш учун контракт тўловини камайтириш бўйича таклиф берайлик, ахир халқ бизнинг бу масалага муносабатимизни кутмоқда.


Fikringizni qoldiring

+