Har oyda 11 ming 101 ta masala o‘z yechimini topadi(mi)

02.08.2017, 20:19

Har oyda 11 ming 101 ta masala o‘z yechimini topadi(mi)

Har bir sohada yangicha yondashuv, yangicha g‘oyalarni amaliyotga tadbiq  etish talab etilayotgan ayni bir paytda O‘zLiDeP elektorati manfaatlarini himoya qilish va ta’minlash borasida ham boshlang‘ich partiya tashkilotlarida yangi tashabbuslar, saylovchilarimiz kutgandek xalqona, smarasi va foydasi katta bo‘lgan yangi g‘oyalar ilgari surilmoqda.

To‘g‘ri, “takliflar taraqqiyotga xizmat qilmasa, qog‘ozda qolib ketsa, nima keragi bor”, dersiz. Ammo quyi bo‘g‘in faollari o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni amalda namoyon etishga astoydil bel bog‘lagan. Buning natijasi hozircha yomon emas.

Mana masalan, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari hamda tuman, viloyat Kengashlardagi safdoshlarimiz sa’yi-harakati bilan partiyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali kelayotgan murojaatlar shu kunning o‘zida, ayrimlari nari borsa ikki-uch kun ichida o‘z yechimini topyati.

Bundan muammosi hal bo‘lgan aholi ham, kimningdir og‘irini yengil qilishda oz bo‘lsada o‘z hissasini qo‘shgan partiya faollari ham mamnun. Shu o‘rinda partiyaning “Birgalikda biz kuchmiz” degan shiori yodimizga tushadi. Demak, hamma gap birgalashib, bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilishdayu, faollik ko‘rsatishda ekan.

Kun sayin ana shunday murojaatlar ko‘lami kengayib borayotgani, ularni hal etishda quyi bo‘g‘in faolligini oshirish dolzarb vazifa ekanligini inobatga olib, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari uchun maxsus o‘quv tashkil etildi.

Unda taqdim etilishi rejalashtirilgan ma’lumotlarni joylardagi faollarimizga yetkazish maqsadida Toshkent shahar, viloyat va tuman Kengashlaridagi BPTlar bilan ishlovchi mutaxassislar hamda o‘ndan ortiq quyi bo‘g‘in raislari ham taklif etildi.

Dastlab, ishtirokchilarga BPTga yoki uning raisiga hududdagi ma’lum bir yechimini kutayotgan masala yuzasidan tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish tartibi to‘g‘isida batafsil ma’lumot berilib, bu bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘riqnoma bilan tanishtirildi.

Mohira Kamalova, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi BPT a’zosi: — Oddiy fuqaroning murojaati tuman kengashidagi deputatga yetib borguncha orada ancha vaqt o‘tadi. Fikrimcha, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish mexanizmini bir oz soddalashtirish kerak. BPT raisilari tuman Kengashidagi partiya guruhlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish vakolatidan unumli foydalansa, murojaatning ishonchli qo‘llarga yetib borishi tezlashadi.

Shuningdek, seminarda qonunlar loyihasi yuzasidan O‘zLiDeP pozitsiyasi va munosabatini belgilab chiqish, uning muhokamasini tashkil etish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasiga taqdim etish tartibi borasida ham to‘liq tushuncha berildi.

Adxamjon Xuseynov, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi BPT a’zosi: —Nazarimda, boshlang‘ich partiya tashkiloti samarali faoliyat olib borish, targ‘ibot tadbirlarini yuksak saviyada tashkil etishda ularga yanada qulaylik yaratish uchun BPT faoliyatining reglamentini ishlab chiqish kerak. Unda amaliy tadbirlarni o‘tkazish, xususan quyi bo‘g‘in joylashgan hududdagi muammoni joyiga chiqib o‘rganish masalasi ham kiritilsa, ko‘proq natijaga erishish mumkin. Bir xonaga yig‘ilib, tadbir doirasida masalalani muhokama qilgandan ko‘ra, uning yechimi ustida izlanish yaxshi emasmi?

 Guvohi bo‘lganimizdek, fikrlar hilma hil. Takliflar ham shunga yarasha. Eng asosiysi, safdoshlarimiz o‘z faoliyatiga befarq emas. Ayniqsa, bu jarayonga mahalliy Kengashlardagi deputatlarni ham jalb qilish fikri ko‘pchilikka ma’qul keldi.

Nodira Jumadillayeva, O‘zLiDeP Yangiyo‘l tuman Kengashi BPTlari bilan ishlash bo‘yicha konsultant: —Tan olish kerak, aholi o‘zi saylagan mahalliy Kengashlardagi deputatlarning aksariyatini tanimaydi. Bunda bizning ham aybimiz bor. Yo‘l qo‘ygan mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bilan deputat o‘rtasidagi muloqot uzviyligini ta’minlash uchun har chorakda mahalliy Kengash deputatlari o‘z saylovchilariga, xususan, BPT raislari va partiya elektoratiga amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berish tartibini joriy etsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Erkin, ochiq suhbat tarzida tashkil etilgan yig‘ilishda partiya tizimidagi barcha boshlang‘ich partiya tashkilotlarini faollikka chaqirgan holda har oyda hech bo‘lmaganda bittadan muammoni hal etish bo‘yicha murojaatnoma tayyorlab, ularga yetkazish taklifi bir ovozdan ma’qullandi.

Aytilganidek, agar har bir BPT bittadan muammoni ko‘tarib chiqib, uni ijobiy hal etsa, bir oyda 11 ming 101 ta masala o‘z yeichmini topar ekan. Xo‘sh, bunga erisha olamizmi? Bu haqida saytimizda muntazam e’lon qilib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Sayyora Asranova,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

BPT raisi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Сарвиноз Холматова Қизилтепа тумани ижрочи котиби 2019-08-14 13:52:46

Юртбошимиз томонидан бундай улкан ислоҳатлар ва Инвестиция дастурилари ватанимизнинг келажаги учун ҳамда уюшмаган ёшларининг бандлиги таъминлабгина қолмай уларни ватанга розолигини оширади ва ўз элим ўз юртим жон Ўзбекистоним шиори остида янада олдинга ҳаракат қилишларида замин яратади.


Fikringizni qoldiring

+