“Tanqidning bir uchi bizga ham tegishli”

31.07.2017, 20:30

“Tanqidning bir uchi bizga ham tegishli”

Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlari va partiya faollari ishtirokida Prezidentimizning “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzasidan kelib chiqadigan O‘zLiDeP Uchqo‘rg‘on tuman  Kengashi xamda partiya guruhlari  oldida turgan ustuvor vazifalarga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘inllar faolligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish hamda BPT faollarini o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sir emaski, joylarda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, fermerlik faoliyatida o‘z ishini tashkil etishda turli to‘siqlarga uchrayotgan elektoratimiz vakillari ham oz emas. Bugun  yurtimizda bu sohaga katta e’tibor qaratilib, islohatlar kengayib borayotgan bir paytda, boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan biron aniq tashabbus ko‘rsatila olinmaganligi o‘tkazilgan davra suhbatida jiddiy tanqid qilindi. 

BPTlarda aholi, partiya elektoratini o‘ylantirayotgan masalalarga oid ochiq muloqotlar o‘tkazish, quyi bo‘g‘inlarga kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash tizimini qayta ko‘rib chiqish, murojaatlarni hal etishda deputatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdilar.

Boshlang‘ich tashkilotlarda faollarni maxsus dastur asosida o‘qitish va partiyaning istiqboldagi kadrlar zaxirasini shakllantirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligiga ahamiyat qaratildi.

—Prezidentimiz tomonidan bildirilgan tanqidning bir uchi bizga ham tegishli, - deydi “O‘zagrosug‘urta” DASK Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limidagi BPT raisi Olimjon Xoliqov. —o‘tgan davr mobaynida odamlarga eng yaqin partiya bo‘g‘in sifatida biror arzigulik tashabbus yoki yangi taklif bilan chiqmaganligimiz faoliyatimizga mas’uliyat bilan yondoshmaganligimizdan deb bildik. Bildirilgan fikrlardan xulosa qilib, boshlang‘ich partiya faollarimiz bilan yangicha ishlashga, yangi g‘oyalarni ilgari surib, ularni amaliyotga tadbiq etishga kelishib oldik.

Shuningdek, hududiy deputatlarning reja asosida saylovoldi dasturlari ijrosi bo‘yicha BPTda hisobot berish tartibini joriy qilish, partiya a’zolari va jamoatchilik vakillarini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularga dahldor tashkilot, muassasalar mas’ul xodimlari ishtirokida masalalarni o‘z o‘rnida hal etish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1478
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+