BPTlar qanchalik faol?

31.07.2017, 20:32

BPTlar qanchalik faol?

Bugun mamlakatimizning barcha joylarida jamiyat hayotining qaysi sohasi, qaysi jabhasi bo‘lmasin, yanada erkinlashtirish va isloh qilish jarayonlari izchil davom etmoqda. Muhtaram Prezidentimizning hamma sohalarga alohida yondashib, maxsus yig‘ilishlarda mavjud kamchilik va xatolarga barham berish payti kelganini ta’kidlayotganlari barchaga birdek mas’uliyat yuklamoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2017 yil 12 iyul kuni bo‘lib o‘tgan parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va ijrochisi bo‘lishi kerak”mavzusidagi videoselektor yig‘ilishi zimmamizdagi vazifalarni teranroq his qilish, shuning barobarida ularning ijrosiga javobgarlikni ham yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tardi.

Ayni vaqtda boshlang‘ich partiya tashkilotlarida mazkur yig‘ilishdagi davlatimiz rahbarining ma’ruzasida belgilangan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, Oltinko‘l tumanidagi “KRAVTEXS KONTEKS-TASHKENT” MChJ qoshidagi quyi tuzilmada tashkil etilgan tadbirda so‘z olganlar ushbu ma’ruzada keltirilgan siyosiy partiyalardagi mavjud kamchiliklarga alohida to‘xtalib, ularni bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida atroflicha fikr bildirdilar.

-Hozirgi kunda Harakatlar strategiyasini  izchil amalga oshirish ishlari jadallik bilan bormoqda, - deydi Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashi deputati Umidaxon Egamova. - Bu jarayonda ayni kunga qadar 500 dan ortiq qaror va farmonlar qabul qilinganligi barchamizga ma’lum. Ularning ijrosini ta’minlashda siyosiy partiyalarning roli va ahamiyati katta bo‘lishi lozim. Shundagina qilingan ishlar ko‘zga tashlanadi.  BPTlar partiyaning eng katta kuchi ekan, ushbu yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlarini avvalo, ulardan boshlashimiz kerak.

Yana shunday tadbir Andijon tumanidagi “Andijon parfyum” MChJda tashkil qilingan boshlang‘ich partiya tashkilotida bo‘lib o‘tdi. Unda siyosiy partiyalarning aholi bilan ochiq muloqotlari, targ‘ibot-tashviqot ishlari, ommaviy axborot vositalari bilan qay darajada hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi, partiya elektoratini tashvishga solayotgan muammolarning amaliy yechimini topishga karatilgan amaliy ishlar  to‘g‘risida  fikr-mulohazalar bildirildi.

-Quyi tuzilmalarda o‘tkazilayotgan bunday davra suhbatlari aholining, ayniqsa, mana shunday ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimizning siyosiy faolligini, siyosiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi, - deydi BPT raisi Sherzodbek Karimov. – Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida ta’kidlaganidek, iqtisodiyotimizni rivojlantirish ishlarini izchil va samarali amalga oshirish, ularning pirovard natijasini ta’minlash uchun barcha mas’uliyat va javobgarlikni faqat ijro organlariga tashlab qo‘yish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu masalalarda tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar, xususiy mulk, jumladan, intellektual mulk egalarining huquq va manfaatlarini himoya qilaman, deb maydonga chiqqan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘rni va ishtiroki, amaliy ta’siri aniq sezilishi zarur.

Shuningdek, davra suhbati davomida partiya Andijon tuman Kengashidagi “Uyushmagan yoshlar markazi” rahbari vazifasiga ham nomzodlar tavsiya etildi. Ular orasidan o‘z salohiyati, keng dunyoqarashi, ilg‘or tashabbuskorligi bilan eng ko‘p ovoz olgan tumandagi 10-DIMI o‘qituvchisi, partiya faoli Xasanboy Sotvoldiyev rahbar etib saylandi.

Bunday davra suhbatlarining o‘tkazilishi BPTlar a’zolarining partiya haqidagi tasavvur va tushunchalarining boyishiga, partiya ishiga mas’uliyatli bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Abrorbek Xonto‘rayev,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1230
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жовлиев Улуғбек O`zLiDeP Қашқадарё вилояти Маъмурий-хўжалик ишлари бўлими мудири2019-08-26 10:46:59

Ushbu farmoni chiqani xalqimiz uchun juda foydali, chunki hozirda chet elga noqonuniy ketayotgan yurtdoshlarimiz ham yil sayin ko`paymoqda. Endilikda biz ushbu farmoni chet elga noqonuniy ketgan fuqarolarga ham yetib borishini ta`minlashimiz zarur.


Fikringizni qoldiring

+