Ulug‘norliklar siyosiy faol

27.07.2017, 20:40

Ulug‘norliklar siyosiy faol

Bugun siyosiy partiyalar nufuzi har doimgidan baland bo‘lishi kerakligi e’tirof etilmoqda. Joylarda partiyalarning xalq manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyati chuqur tahlil etilib, kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, faoliyatni yuksaltirish uchun bildirilgan takliflar atroflicha o‘rganilmoqda.

Ulug‘nor tumanidagi elektr tarmoqlari idorasi qoshida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12 iyulda bo‘lib o‘tgan videoselektordagi “Parlemantimiz xaqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak”   nomli ma’ruzasida belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha   davra suhbati o‘tkazildi.

—Prezidentimiz mazkur yig‘ilishda juda ko‘p kamchiliklarga to‘xtaldilar, - deydi BPT raisi X. Axunova. —Yurtboshimiz: “Siyosiy partiyalar raqam ortidan quvib, a’zolari sonini ko‘paytirish bo‘yicha musobaqa o‘ynamoqda. Natijada turli xunuk holatlarga yo‘l qo‘yilmoqda. Ularning qanchasi partiyaning g‘oyasi, maqsad va vazifalarini chin yurakdan his qiladi va shu g‘oyani amalga oshirish uchun kurashga tayyor?” degan fikrlari nechog‘li to‘g‘ri ekanligi barchamizga ma’lum. Ayni vaqtda biz davlat rahbari qo‘ygan savolga javobni son ko‘rsatkichi bilan emas, balki sifat bilan ko‘rsatishimiz zarur. Mana shu masala har bitta boshlang‘ich partiya tashkiloti oldidagi muhim vazifa bo‘lishi kerak. Nazarimda ko‘pchilik a’zolarning bu savolga javob berishi qiyin. Shu sababdan, fikrimcha quyi tuzilmalarda ham partiya maqsad-vazifalarini, bugungi siyosiy jarayonlarga to‘g‘ri yondashishni targ‘ib qiladigan, kerak bo‘lsa, o‘rgatadigan siyosiy o‘quvlarni tashkil qilish lozim.

Tumandagi 34 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlarida o‘tkazilayotgan bunday davra suhbatlari jonli, ochiq, mulohazalarga boy tarzda kechmoqda. O‘rtaga tashlangan fikrlar keskinligi, takliflar, muammolar o‘tkirligi bilan e’tibor qozonmoqda.  Tadbir davomida ko‘rilgan masalalar yuzasidan qizg‘in savol-javoblar bo‘ldi.

           T.Qosimova,

O‘zLiDeP  Ulug‘nor  tuman  Kengashi  raisining

birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1188
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+