O‘zLiDeP xatirchiliklarga bayromana kayfiyat ulashdi

27.08.2018, 16:32

O‘zLiDeP xatirchiliklarga bayromana kayfiyat ulashdi

Bugungi kunda qishloq aholisini uy-joy, toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiya bilan ta’minlash, joylarda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini tashkil etish borasidagi ishlar ko‘lami beqiyos darajada kengayib bormoqda. E’tiborlisi, o‘tgan qisqa fursatda odamlar hayot tarzi o‘zgarib, qishloqlarimiz yanada fayzli va obod bo‘ldi.

Xatirchi tumanidagi “Xo‘jaqo‘rg‘on” MFYda O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining yigirma yetti yilligiga bag‘ishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida “Obod yurtning obod qishlog‘i” mavzuida tashkil etilgan  tadbirda bu haqda alohida ta’kidlandi. 

Tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, viloyat kengashi xodimlari, mahalliy kengash deputatlari, tuman hokimliklari vakillari so‘zga chiqib, Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga joriy etilgan “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida qishloqlar, ayniqsa, olis va chekka hududlarda yashayotgan aholi hayotida chin ma’noda yangi sahifa ochgani, bunday bunyodkorlik ishlari qishloqlarga zamonaviy qiyofa bag‘ishlayotgani, odamlarning hayotga, mehnatga munosabatini tubdan o‘zgartirayotganini alohida qayd etishdi.  

- “Xo‘jaqo‘rg‘on” MFY tumandagi eng namunali mahallalardan bo‘lib, “Obod mahalla” dasturi doirasida mahalla qiyofasi tubdan o‘zgardi, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi, - deydi Xatirchi tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zamira Mamatova. – 428 ta xonadon 2512 nafar aholi istiqomat qilayotgan mazkur mahalla hududida tuman markaziy shifoxonasi, maktab, bog‘cha, bolalar o‘yin maydonchasi, dorixonalar, ovqatlanish, tikuvchilik sexi, savdo do‘konlari, sartaroshxona, go‘zallik salonlari kabi xizmat ko‘rsatish sub’ektlari barpo etilib aholiga tuhfa qilindi. Maqsadimiz ushbu mahalla aholisi vakillari hayotdan rozi bo‘lib yashasinlar. Bugungi bayram tadbirini tashkil etgan O‘zLiDeP vakillariga mahalla faollari nomidan tashakkur bildiramiz.

Bayram tadbiri doirasida ushbu mahallada o‘z tadbirkorligini boshlagan 25 nafarga yaqin ishiblarmonlarga partiyaning esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari bilan taqdirlanishdi. Ularga O‘zLiDePning a’zolik guvohnomalari topshirildi.

- Men 14 yosh bo‘lishimga qaramasdan Prezidentimiz tomonidan hayotga joriy qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida o‘z tadbirkorligimni yo‘lga qo‘ydim, - deydi Diyor Mirtazoyev. – Dastlab faoliyatimni 20 dona jo‘ja bilan boshlagan bo‘lsam, hozir 200 bosh o‘rdak, 200 bosh bedana va 300 bosh tovuq boqyapman. Partiya ko‘magida 50 mln. so‘m kredit olib parrandachilik fermasini tashkil qilishni maqsad qildim. Biz yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlagan davlatimiz rahbariga va O‘zLiDeP vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Tadbir davomida tashkil etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari mahalla vakillariga katta bayromana kayfiyat ulashdi.   

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1227
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Худайбердиева Моҳидил Норбоевна ЎзЛиДеП Зарафшон шаҳар бўлими ижрочи котиби2018-08-28 09:11:38

Партиямиз фаоллари томонидан Республикамизнинг барча ҳудудларида "Обод қишлоқ" дастури доирасида амалга оширилаётган ишлар барчага ўрнак бўлиб келмоқда.Хатирчи туманидаги “Хўжақўрғон” МФЙда олиб борилган ишлар таҳсинга сазовор. Ёшларни тадбиркорликка жалб қилишда фидойилик кўрсатаётган ЎзЛиДеП Хатирчи тумани бўлимидаги ҳамкасбларимизга куч, ғайрат тилаб қоламиз.Ёш тадбиркор Диёр Миртозаев каби ёш тадбиркорларимиз сафи кенгаяверсин.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-08-27 16:56:13

Ҳурматли Президентимизнинг ташаббуслари билан ҳудудларда "Обод қишлоқ" дастури доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳсинга лойиқ албатта. "Обод қишлоқ"ни чинданда обод бўлишига ўз ҳиссаларини қўшаётган Хатирчилик ЎзЛиДеП фаолларининг тадбиркорлик фаолиятларига омад тилаб қоламан ва ҳар доим партиямиз сафида туриб аҳолини фаровон турмушига ўз ҳиссасини қўшишларида куч-қувват тилайман. Тадбир юқори савияда кутаринки руҳда ўтказилганлиги кўриниб турипти.


Fikringizni qoldiring

+