Paxtachida O‘zLiDeP faollari “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida tadbir tashkil etdi

03.09.2018, 16:30

Paxtachida O‘zLiDeP faollari “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida tadbir tashkil etdi

O‘zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi tomonidan tumandagi 10-maktabgacha ta’lim muassasasida “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida “Sog‘lom va mustahkam oila-jamiyat boyligi va kelajak poydevori” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda O‘zLiDeP faoli, partiyaning xotin-qizlar masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari R.Magrupova so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir Davlat siyosati xususida gapirdi. Tadbir davomida notiq, mamlakatda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lganlar bilan yakka tartibda ishlash borasida amalga oshirilayotgan dasturlar borasida to‘xtaldi.

- Oilada sog‘lom muhit bo‘lsa, farzandlarimiz ham ruhan, ham jismonan sog‘lom voyaga yetadi. Shu sababli bugun yurtimizda oilaga katta e’tibor qaratilmoqdaki, ertamiz egalari aynan ana shu jamiyatning kichik bo‘lagida kamol topayapti. Ular ertaga mard , jasur va sog‘lom farzandlar bo‘lib voyaga yetmog‘i darkor, - dedi  R.Magrupova.

Shuningdek, uchrashuvda “Har bir oila tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz”  davlat dasturlarining mazmun mohiyati haqida tushunchalar berildi.

Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1579
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара Тахтакупир тумани КРеспубликаси 2018-09-03 16:54:05

Тинч элга байрамлар ярашади.Барча жойлардагаи партиямиз тамонидан ташкиллаштирилаетган тадбирларнинг барчаси хам ватанни севишга, хурмат килишга, ва албатта янада жамиятда фаоллашишига ундайди. Байрмалар байрамга улашсин !


Fikringizni qoldiring

+