“Hammayoq chang-to‘zonga to‘lib ketgan. Qishloq ko‘chalaridan yayov yurishning iloji yo‘q”, deyishmoqda “Bog‘ikalon” MFY aholi vakillari

06.09.2018, 10:09

“Hammayoq chang-to‘zonga to‘lib ketgan. Qishloq ko‘chalaridan yayov yurishning iloji yo‘q”, deyishmoqda “Bog‘ikalon” MFY aholi vakillari

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Buxoro viloyat, tuman, shahar Kengashlari mas’ul xodimlari Buxoro tumanidagi “Bog‘ikalon” MFY aholisi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi.

Uchrashuvlar davomida aholi turmush tarzini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan, anchadan beri ularni qiynab kelayotgan muammolar borligi aniqlandi. Muloqotlar chog‘ida “Bog‘ikalon” MFY da istiqomat qilayotgan Murtazo Bekmurodov ushbu maskanga ichimlik suvi uzoqdan yetkazib berilayotganligini kuyunchaklik bilan tilga olib o‘tgan bo‘lsa, boshqa bir fuqaro Karim Ibodov  nabirasini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirishda qiynalayotganligini aytib o‘tdi.

- Obodonlashtirish ishlarining cho‘zilib ketganligi atrof-muhit musaffoligini ta’minlash imkonini bermayapti, - deydi Abera Idiyeva partiya faollari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda. - Hammayoq chang-to‘zonga to‘lib ketgan. Qishloq ko‘chalaridan yayov yurishning iloji yo‘q. Qishloq yo‘llarining ta’mirtalab bo‘lib qolganligi ham aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layapti. Tomorqalarni sug‘orish uchun berilayotgan suv miqdorini ham yetarli deb bo‘lmaydi. Xonadonlarni ichimlik suvi bilan ta’minlash muammosini ham hal qilish vaqti allaqachon yetib kelgan.

Mavjud muammolarni mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari hamda ijro hokimiyati organlari yordamida ijobiy hal etishga kelishib  olindi.

 O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1018
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мавжуда Рашидова-O'zLiDeP Бухоро вилоят Кенгаши бўлим мудири2018-09-06 12:51:15

Партия Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси ҳамда вилоят Кенгаши томонидан тузилган ишчи гуруҳлар вилоятдаги шаҳар ва туманларда аҳоли билан юзма-юз учрашиб суҳбатлар ва мулоқотлар ўтказишмоқда. Ушбу тадбирлар жараёнида аҳоли томонидан ечимини кутиб қолган муаммолар кўтарилмоқда, ислоҳотларни амалга ошириш учун таклифлар берилмоқда. Суҳбат ва мулоқотлар давомида ишчи гуруҳлар томонидан аҳолини қизиқтирган масалалар юзасидан тушунтиришлар берилмоқда. Жойларда ким билан суҳбат қилинган бўлса, улар давлат ташкилотлари қатори сиёсий партияларнинг юртимиздаги ислоҳотларга бефарқ эмаслигидан хурсандликларини айтишмоқда. Айримлар ЎзЛиДеП тарафдори эканликларини айтиб, партия сафига кириш истагида эканликларини билдиришмоқда. Эндиги вазифамиз аниқланган муаммоларни тезкорлик билан ҳал қилишдан иборат. Шу мақсадда аниқланган муаммоларни туман (шаҳар) миқёсида бартараф этишга қаратилган чора-тадбирлар қабул қилинмоқда.


Fikringizni qoldiring

+